Iqtisod

Toshkentda Coca-Cola narxi 2 barobar oshib ketdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishCoca-Cola doʻkon rastalarida
Coca-Cola doʻkon rastalarida - Sputnik Oʻzbekiston
Bir yarim litrlik va bir litrlik idishlardagi ichimliklar mana ikki haftadirki savdo rastalaridan yoʻqolib qoldi va sotuvchilar zaxiradagilarini ustiga 50%dan ortiq narx qoʻygan holda sotishmoqda.

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Toshkentda aholining eng sevimli ichimliklaridan biri boʻlmish — Coca-Cola tanqisligi bilan bogʻliq muammolar yuzaga keldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Ikki haftadirki savdo rastalaridan bir yarim va bir litrlik hajmga ega idishlardagi ichimliklar yoʻqolib qolgan, zaxirada mavjudlarini esa sotuvchilar ustiga 50%dan ortiq narx qoʻygan holda sotmoqda. Misol uchun, agar ilgari 1,5 litr idishdagi Coca-Cola ichimligini 5-6 ming soʻm atrofida xarid qilish mumkin boʻlgan boʻlsa, endilikda ayrim joylarda ular 9 ming soʻmdan ortiq narxda sotilyapti.

Shunisi qiziqki, bu ichimlik bilan bogʻliq bunday holatlar yozning jazirama kunlarida tez-tez yuz berib turadi. Voqea shu darajaga borib yetgan vaqtlar ham boʻlganki, yirik savdo markazlari Coca-Cola savdosida maʼlum cheklovlar kiritib, bir kishiga bittadan ortiq ichimlik sotmagan vaqtlar ham boʻlgan. Eng oxirgi marta ichimlik bilan bogʻliq tanqislik joriy yilning may oyida yuzaga kelgan edi. Ammo oʻshanda zavod rahbariyati yuzaga kelgan holatni zavodda yangilash ishlari olib borilayotgani, tez orada ichimlik ishlab chiqarilishi hajmi oshishi haqida gapirgan edi.

Qiziq, nima uchun zavod rahbariyatining ulkan rejalari yana defitsitni keltirib chiqardi?

Bu savolimiz javobsiz qolishi aniq shekilli, chunki zavod rahbariyati bilan bogʻlanishning, ulardan yuzaga kelgan holat boʻyicha izoh olishning imkoni boʻlmadi.

Xaridor Coca-Cola kompaniyasiga tegishli ichimlikni tutib turibdi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda Coca-Cola may oxirida savdo rastalariga qaytadi
Sputnik muxbiri Toshkentdagi aksariyat yirik savdo doʻkonlari vakillari bilan suhbatlashib koʻrdi. Ularning hammasi bir ovozdan chet eldan import qilinadigan kontsetrat sabab ichimlik ishlab chiqarilishi toʻxtab qolgani haqida fikr bildirishgan.

Coca-Cola tanqisligi bilan bogʻliq vaziyat boshqa ichimliklar narxiga ham taʼsir koʻrsatmoqda. Misol uchun, olib sotarlar Coca-Cola savdo rastalarida yoʻqolib qolganidan foydalanib, ichimlikning birinchi raqamli raqobatchisi — Pepsi narxini koʻtarib olishdi. Agar ilgarilari bu ichimlikning 1,5 litrini 5-5,5 ming soʻmdan xarid qilish mumkin boʻlgan boʻlsa, ayni damda uning narxi 6-7 ming soʻmni tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala