Dunyoda

Harbiy isyon raqamlarda: Erdoʻgʻonni agʻdarishga urinish Turkiyaga qanchaga tushdi

© AFP / BULENT KILICTurkiya bayrogʻi
Turkiya bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
RIA Novosti agentligi uch hafta muqaddam, yaʼni 16 iyulga oʻtar kechasi yuz bergan davlat toʻntarishini amalga oshirishga urinish Turkiyaga qanchaga tushganini hisoblab chiqdi.

TOSHKENT, 5 avg — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻonga qarshi isyon yuzlab odamlar oʻlimiga olib keldi, moliyaviy yoʻqotishlar esa milliardlab dollarlarda oʻlchanmoqda. Isyon tufayli oʻz joyidan ayrilganlar qancha: ommaviy "tozalash" ishlari isyonchilar "uyasi" sanalmish armiya bilan bir qatorda, mamlakatdagi deyarli barcha muassasalarni qamrab oldi, deb yozadi nashr.

Yoʻqotishlar: odamlar va pullar

Eng soʻnggi maʼlumotlarga muvofiq, isyon oqibatida mamlakatning 246 nafar fuqarosi halok boʻlgan. Ikki mingdan ziyod kishi jarohatlangan. Bu statistikada isyonchilar tomonida boʻlgan kishilar oʻlimi hisobga olinmagan.

NATO harbiy kemalari - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Turkiya Harbiy Dengiz flotining 14 kemasi yoʻqolib qoldi
Mamlakat iqtisodiyotiga ham jiddiy talafot yetgan.

"Agar biz barcha samolyotlar, vertolyotlar, qurol-aslahalar, bombalar va (vayron qilingan) binolarni pulga chaqadigan boʻlsak, yetkazilgan zarar miqdorini kamida 300 milliard lir (100 milliard dollar) deb aytish mumkin" — deya bayonot qildi Turkiya Savdo va bojxona vaziri Byulent Tyufenkchi.

Vazir aytilgan zarar miqdori aniqmasligini, u yanada koʻproqni tashkil qilishi mumkinligini ham qoʻshimcha qildi.

"Koʻplab chet elliklar mamlakatimizga tashrifini bekor qildi. Afsuski, isyonchilar Turkiyaning obroʻyiga jiddiy putur yetkazdilar. Bizning koʻchalarimizda tanklarni va paralment qanday qilib bombardimon qilinganini koʻrgan odamlar Turkiyaga qaytib kelmaydilar", — deya iqtibos keltirgan vazir nutqidan Hurriyet nashri.

Minglab odamlar hibsga va qamoqqa olindi

Davlat toʻntarishini amalga oshirishga urinishdan keyin Turkiyani hibsga olish "ummoni" qoplab oldi. Maʼlumotlarga koʻra, iyul oyi oxiriga qadar qoʻlga olinganlar soni 25 mingdan oshib ketgan.

Turkiyadagi isyon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkiya hukumati harbiy isyondan keyin 11 mingga yaqin kishini pasportdan mahrum qildi
Turkiya Ichki ishlar vaziri Efkan Olaning soʻzlariga koʻra (uning soʻzlaridan Anadolu agentligi iqtibos keltirgan) isyon roʻy bergan vaqtdan boshlab 26 mingga yaqin kishi qoʻlga olingan. Shulardan 10 mingga yaqini hibsga olingan.

Ommaviy hibsga olish ishlari, boshqalar bilan bir qatorda, yuqori lavozimga ega mansabdorlar orasida ham olib borilgan. Masalan, Anqara prokuraturasi tomonidan 44 kishi, shu jumladan, gubernatorlar, vitse-gubernatorlar va boshqa rahbarlarni hibsga olish uchun order chiqarilgan.

Mansabdorlaning barchasi isyonni tashkil qilganlikda ayblanayotgan, muxolifatchi imom Fatxulla Gyulen bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda.

Turkiya hukumati pasportlar orqali ham zarba berishni unutmadi. Ichki ishlar vaziri soʻzlariga muvofiq, mamlakatda 74562 kishining pasporti bekor qilingan.

Generallarning taxminan teng yarmi "tozalangan"

Eng keng koʻlamdagi tozalash ishlari oliy armiya qoʻmondonligida boʻlib oʻtdi. Isyonni amalga oshirishga urinishdan keyin 163 nafar general va admirallar (umumiy miqdorning 40%i) qoʻlga olindi. Mamlakat piyoda qoʻshinlaridagi 198 nafar generaldan 87 nafari, Harbiy Havo kuchlaridagi 72 nafar generaldan 30 nafari, Harbiy Dengiz Kuchlarida esa 55 admiraldan 32 nafari ishdan haydaldi. Turkiyaning Resmi Gazete rasmiy nashrida chop etilgan maʼlumotlarga koʻra, jami 1684 nafar ofitserlar ishdan boʻshatilgan.

167 nafar generallar yangi lavozimlarga tayinlangan. Piyoda qoʻshinlari qoʻmondonligida — 94 general, HHK — 44, HDK — 22 admiral yangi tayinlovlar olgan.

Bundan tashqari 6 general va 1 admiral Istambuldagi Harbiy-tibbiy akademiyadagi tuzilmalarga tayinlov olgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Erdoʻgʻon Turkiya havo hududida patrul parvozlarni amalga oshirishga buyruq berdi
Koʻplab harbiylar hozirga qadar qidirilmoqda. Reyter agentligi (Turkiya Mudofaa vaziri Fikri Ishik bayonoti asosida) bergan maʼlumotga koʻra, davlat toʻntarishini amalga oshirishga urinish ishi boʻyicha 311 nafar harbiy, shu jumladan 9 nafar generalga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan.

Hukumatning ishontirib aytishiga qaraganda, bu ishlarning hech biri mamlakat qurolli kuchlari jangovor tayyorgarligi holatiga mutlaqo taʼsir etmaydi. "Armiya tozalangach… u yanada ishonchli boʻladi, uning jangda samaradorligi ortadi", — deya bayonot qilgan Turkiya TIV rahbari Mavlyut Chavushoglu.

Turk armiyasi — son jihatdan NATOda ikkinchi oʻrinda turadi. 2014 yilgi maʼlumotlarda Turkiya armiyasi soni 610 ming kishini tashkil qilgan, undan keyingi oʻrinlarda turgan frantsuz va Britaniya armiyasi turk armiyasiga nisbatan uch karra kamdir.

Boʻshatishlar: gubernatorlardan tortib futbolgacha

Ishdan olib tashlashlar faqat harbiy sohada roʻy berayotgani yoʻq. Turkiya Bosh vaziri Binoli Yildirim bergan xabarga muvofiq, davlat toʻntarishini amalga oshirishga urinish ishi yuzasidan oʻtkazilgan surishtiruvlar doirasida 58611 kishi ishdan chetlatilgan.

Anadolu agentligi undan ham koʻproq kishi oʻz ishidan mahrum boʻlgani haqida yozgan. Nashrda eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, 66 ming davlat xizmatchilari oʻz lavozimlaridan chetlatilgan, "tozalash" ishlari barcha vazirlik va muassasalarga "tegib" oʻtgan.

Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Erdoʻgʻon Gyulenni plagiatchi, uning tarafdorlarini esa loʻttibozlar deb atadi
"Tozalash" ishlarining eng koʻp qismi Taʼlim vazirligi tizimida roʻy berdi — 43 ming kishiga yaqin. Turkiya hukumati, muxolifatchi imom Fatxulla Gyulenga shu soha koʻproq tegishli, deb hisobladilar chogʻi. Bundan tashqari, 1669 ta oʻquv muassasalari va yotoqxonalarni yopish haqida qaror qabul qilindi, deya xabar bergan Haberturk telekanali.

Undan keyingi oʻrinlarda IIV (8,8 ming), Sogʻliqni saqlash vazirligi (5,6 ming), Moliya vazirligi (1,5 ming) va Diniy ishlar boʻyicha boshqarma (1,1 ming) kelmoqda.

Mudofaa, energetika, ijtimoiy muhofaza, qishloq xoʻjaligi va transport vazirliklarida mingga yaqin xodimlar ishdan boʻshatilgan.

Saba gazetasi, shuningdek, Turkiya milliy aviatashuvchisi boʻlmish Turkish Airlines  kompaniyasining yuzdan ziyod xodimlari ishdan boʻshatilgani haqida xabar bergan. Maʼlumotlarga koʻra, ular orasida kompaniya rahbarlari ham bor.

Tozalash ishlari, bir qarashda siyosatdan uzoq boʻlgan soha — sportni ham aylanib oʻtmadi. Harholda, turk futboli yoʻqotishlarni boshdan kechirdi.

"Turkiya futbol federatsiyasi 94 xodim, shu jumladan, arbitrlar, ularning yordamchilari, regional hakamlar qoʻmitasi aʼzolari hamda kuzatuvchilar bilan munosabatlarni uzishga qaror qildi", — deb xabar qilgan tashkilot.

OAV ham sharmanda qilindi

Isyon tufayli jurnalistlar ham taʼqibga olindi. Turk hukumati uch axborot agentliklari, 16 TV kanallari, 23 radiostantsiyalar, 45 gazeta va 15 jurnallarni yopishga farmon berdi. 20 dan ortiq axborot-saytlariga kirish blokirovka qilindi, 29 nashriyot litsenziyadan mahrum qilindi.

Jurnalistlarni himoya qilish Qoʻmitasi maʼlumotlariga muvofiq, Turkiya hukumati 88 nafar OAV xodimlarini hibsga olish uchun order chiqargan. 330 nafarga yaqin jurnalistlar akkretidatsiyadan mahrum boʻlgan.

Qoʻmita Turkiyadagi OAV sohasida roʻy berayotgan hodisalarga "Jodugarlar ovi" deb nom berdi.

"Hukumat darhol barcha qoʻlga olingan jurnalistlarni ozod etishi lozim. Biz shunga chaqiramiz", — deydi Qoʻmitaning Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha muvofiqlashtiruvchisi Nina Ognyanova.

Uch oylik Favqulodda vaziyat

Turkiya hukumati isyondan soʻng inson huquqlari sohasida bir qator keskin oʻzgartirishlar kiritishini eʼlon qildi.

Har holda, 15-16 iyul hodisalaridan keyin bir qator qatʼiy choralar haqida gap ochildi. Misol uchun, oʻlim jazosini qaytarish haqida.

Berlin, Reyxstag binosi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Germaniya: oʻlim jazosi mavjud mamlakat YEIga aʼzo boʻla olmaydi
"Fuqarolarning 57% shuni istaydi, va parlament bu uchun ovoz bersa, oʻlim jazosi kiritilishiga hech kim qarshilik koʻrsata olmaydi", — deb bayonot qilgan Erdoʻgʻon RaiNews24 italyan telekanali efirida.

Erdoʻgʻonning bu soʻzlari Gʻarbda keskin tanqid qilindi. Yevropa Komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker, masalan, agar Turkiya oʻlim jazosini qayta tiklaydigan boʻlsa, Yevropa Ittifoqi mamlakatning yevropa blokiga kirish uchun boshlangan jarayonini toʻxtatishini maʼlum qildi.

Hozircha bu masala boʻyicha qaror qabul qilingani yoʻq, lekin Turkiyada uch oy davomida favqulodda holat davom etadi. Erdoʻgʻon soʻzlariga koʻra, bu isyonga aloqadorlarga qarshi samarali va tez choralar koʻrish uchun amalga oshirilgan. Shu bilan birga, turk yetakchisi bu holat demokratiya, inson huquqlari va erkinliklariga zarar yetkazmasligi, aksincha ularni mustahkamlashi haqida fikr bildirgan.

Aytgancha, Turkiya hukumati Favqulodda holat bekor qilinishini kechiktirmaslikka vaʼda bergan.

"Biz favqulodda holatni iloji boricha tezroq — uzogʻi bilan 6-7 hafta ichida bekor qilamiz degan umiddamiz", — deb aytgan Turkiya Bosh vaziri oʻrinbosari Noʻmon Kurtulmush NTV telekanali efirida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala