Jamiyat

Elektron kadastr tizimi 2020 yilga qadar yaratiladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishRabota geodezista
Rabota geodezista - Sputnik Oʻzbekiston
Loyiha doirasida milliy jugʻrofiy axborot tizimi (GIS)ga asoslangan koʻchmas mulk yagona onlayn tizimi yaratiladi.

TOSHKENT, 5 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda koʻchmas mulk yagona onlayn tizimi 2016-2019 yillar davomida yaratiladi, deb xabar qilmoqda Yer resurslari, geodeziya va kartografiya davlat qoʻmitasi.  

“Oʻzbekistonda yagona Koʻchmas mulk elektron reyestri yaratilishga kirishildi. U bir vaqtning oʻzida koʻchmas mulk huquqini roʻyxatdan oʻtkazish hamda kadastr  hisobidan oʻtkazish imkonini beradi. Bu esa aholi vaqtini tejash hamda koʻchmas mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni qulayroq qilish imkonini beradi”, — deyilgan qoʻmita xabarida.  

Qiymati 25 million boʻlgan loyiha Jahon banki tomonidan ajratilgan 20 mln dollar kredit hisobiga amalga oshiriladi. Ushbu krudit Oʻzbekiston hukumatiga 2016 yilning may oyida ajratilgan edi.   

Loyiha doirasida milliy jugʻrofiy axborot tizimi (GIS)ga asoslangan yer resurslari yagona onlayn tizimi yaratiladi. Uni yaratish 2019 yilda yakunlash rejalashtirilgan. Yangi tizim uchun kerak boʻladigan barcha asbob-uskuna yetkizib beruvchi hamkor sifatida Janubiy Koreyaning ICT Technologies kompaniyasi tanlangan. GIS tizimi uskunalarining umumiy qiymati 30,8 mln dollarni tashkil qiladi.

Ayni damada Yer resurslari, geodeziya va kartografiya davlat qoʻmitasi bir necha muassasa va tashkilotlar orasida kadastr maʼlumotlar bilan almashishning xavfsiz tizimini yoʻlga qoʻygan. Ushbu tizim oʻzbek dasturchilari tomonidan ishlab chiqarilgan dastur asosida ishlaydi va Oʻzbekistonning har bir tumani va shahridagi kadastrga bogʻliq boʻlgan jarayonlar bilan tanishish imkonini beradi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala