Afg‘onistonda favqulodda qo‘ngan vertolet ekipaji “Tolibon” qo‘liga tushdi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishMi-17 vertoleti
Mi-17 vertoleti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pokiston va Afg‘onistondagi Rossiya elchixonalari mahalliy hukumatlar bilan birgalikda Rossiyalik shturmanni qutqarish choralarini ko‘rmoqda.

 

TOShKENT, 5 avg — Sputnik.  Afg‘onistonda favqulodda qo‘ngan Mi-17 vertoloti ekipaji a’zolari tirik, lekin ular “Tolibon” jangarilariga asirga tushib qoldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Pokistondagi Afg‘on elchisi Omar Zaxilval so‘zlariga asoslanib.

Ayni damda Rossiya TIV haqiqatdan ham Rossiya fuqarosi Tolibon qo‘liga tushgani haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqda. Pokiston va Afg‘onistondagi Rossiya elchixonalari mahalliy hukumatlar bilan Rossiyalik shturmanni qutqarish choralarini ko‘rmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, Pokistondan Rossiyaga ta’mirlash uchun yul olgan Mi-17 vertoloti Afg‘oniston hududida favqulodda qo‘nishga majbu bo‘lgan edi. Ma’lumotlaga ko‘ra vertolotda 6 nafar Pokiston va bir Rossiya fuqarolari bo‘lgan.

Pokiston armiyasi generali Asim Bajavaning so‘zlariga asoslanib, mamlakat harbiylari Afg‘onistonda joylashgan NATO qo‘shnlari qo‘mondonligidan va Afg‘oniston qurolli kuchlaridan asirga tushgan fuqarolarni ozod qilishda yordam so‘raganini xabar qilgan edik.

Vertoleti Mi-17 - Sputnik O‘zbekiston
Buxoroga yo‘l olgan Mi-17 vertoloti Afg‘onistonda favqulodda qo‘ndi

Rossiyaning "Vertoleti Rossii" xoldingi Pokistonga qarashli bo‘lgan Mi-17 fuqaro vertoloti haqiqatdan ham Rossiyaga hududiga ta’mirlash uchun yo‘l olganini tasdiqladi. Xolding mutaxassislari vertolot shoshilinch qo‘nish sabablarini o‘rganmoqda.

Mi-17 o‘rta ko‘rinishdagi ko‘p maqsadli vertolot bo‘lib, Mi-8ning eksport ko‘rinishidir. Rossiyada ishlab chiqarilayotgan ushbu vertolot, o‘zining universalligi va yuqori uchish-texnik xarakteristikalariga ega bo‘lganligi tufayli, dunyoda eng ommaviy vertolotga aylangan.

 

Yangiliklar lentasi
0