Dzudochi Rishod Sobirov bronza medali sohibi bo‘ldi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet Dzudoist Rishod Sobirov prines Uzbekistanu vtoruyu medal Olimpiadi
Dzudoist Rishod Sobirov prines Uzbekistanu vtoruyu medal Olimpiadi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu O‘zbekiston Olimpiada jamoasi uchun ikkinchi bronza medali Rishod Sobirov uchun esa - uchinchi Olimpiya bronza medali bo‘ldi.

TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekistonlik dzudochi Rishod Sobirov bronza medaliga sazovor bo‘ldi, Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.   

Sportchi uchun bu uchinchi Olimpiya bronza medalidir. 2008-yil Pekin va 2012-yil Londonda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham, 60 kg vazn toifasida Rishod bronza medali sovrindori bo‘lgan edi.

 

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet Dzudoist Rishod Sobirov prines Uzbekistanu vtoruyu medal Olimpiadi
Dzudoist Rishod Sobirov prines Uzbekistanu vtoruyu medal Olimpiadi - Sputnik O‘zbekiston
Dzudoist Rishod Sobirov prines Uzbekistanu vtoruyu medal Olimpiadi

 

O‘tgan ikki olimpiada g‘alabasidan keyin trenerlar shtabi Rishodni og‘irroq vazn toifasiga — 66 kilogrammgacha  bo‘lgan sportchilar kategoriyasiga o‘tkazadi. Dastavval sportchi ushbu vazn toifasida unchalik muvaffaqiyatga erishmagan edi. Ko‘rib turganingizdek, o‘tgan to‘rt yil davomida Rishod Sobirov yangi vaznga o‘rganib,  Olimpiya o‘yinlariga muvaffaqiyatli tayorgarlik ko‘rgan. O‘zining uchinchi Olimpiya bronza medali tufayli Rishod Sobirov o‘zbek dzudosi tarixida o‘z nomini abadiy qoldirdi.

Olimpiadaning birinchi kuni O‘zbekistonlik dzudochi Diyorbek O‘rozboyev 60 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘lgan edi.

 

© Natsionalniy olimpiyskiy komitetDzudoist Diyerbek Urozboyev s bronzovoy medalyu Olimpiadi v Rio
Dzudoist Diyerbek Urozboyev s bronzovoy medalyu Olimpiadi v Rio - Sputnik O‘zbekiston
Dzudoist Diyerbek Urozboyev s bronzovoy medalyu Olimpiadi v Rio

 

Olimpiadaning ikkinchi kuni O‘zbekiston uchun unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi desak ham bo‘ladi. O‘zbekiston birinchi raketkasi Denis Istomin Ispaniyalik David Ferrerga 6:2, 6:1 hisobda yutqizdi.

Stol tennisi bo‘yija jamoa a’zosi Zohid Kenjayev ham Britaniyalik Liam Pitchfordga 4:1 hisobda boy berib musobaqani tark etdi.

Faqat boks jamoasi vakili Shaxram G‘iyosov 69 kg vazn toifasida o‘zining Ispaniyalik raqibi Sisoko Ndae ustida 3:0 hisobda ishonchli g‘alabaga erishdi. G‘iyosovning keyingi jangi Litvalik Eymantas Stanionis bilan 11-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Yangiliklar lentasi
0