Hodisalar

Oʻzbekiston samolyoti Sankt-Peterburgda favqulodda qoʻndi

Voqea sabablarini aniqlash uchun maxsus tergov guruhi Pulkovo aroportiga yuborildi.

TOSHKENT, 7 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Havo yoʻllari aviakompaniyasiga tegishli boʻlgan Boeing-757 samolyoti Pulkovo aeroportiga eson-omon qoʻndi.

Yakshanba kuni, Sankt-Peterburgning Pulkovo aeroportidan Oʻzbekistonga yoʻl olgan samolyotb havoga koʻtarilganidan keyin dvigatellardan biri ishlamay qolgan. Samolyot ekipaji, Pulkovo aeroportiga qaytishga qaror qilgan. Samolyotda 180 yoʻlovchi boʻlgan.

“Peterburgdan Fargʻonaga uchayotgan Boeing-757 samolyoti, balandlikka koʻtarilish vaqti, dvigatellaridan biri ishlamay qolgan. Aeroportga qoʻnishdan  oldin samolyot yonilgʻi hajmini kamaytirgan”, — dedi voqeadan xabardor boʻlgan kishi.

"Soat 16.32 da samolyot muvaffaqiyatli qoʻndi”, — deyilgan xabar soʻnggida.

Ayni damda, maxsus tashkil qilingan tergov guruhi tomonidan favqulodda qoʻnish sabablari aniqlanmoqda, deb xabar qildi Rossiya Tergov qoʻmitasi.

“Voqea joyiga tergov guruhi yoʻl olgan. Tekshiruv natijalariga koʻra maʼmuriy qaror qabul qilinadi”, —  deyilgan Rossiya Tergov qoʻmitasi Shimoli-Gʻarbiy transport boshqarmasi xabarida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala