Dunyoda

Rioda Rossiyalik suzuvchilarga hushtak chalib norozilik bildirishdi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishOlimpiada 2016. Plavaniye.
Olimpiada 2016. Plavaniye. - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyalik suzuvchilar Andrey Grechin, Danila Izotov, Vladimir Morozov va Aleksandr Suxorukov musobaqaga kirish vaqti tomoshabinlar hushtak chalib norozilik bildirishdi.

TOSHKENT, 8 avg – Sputnik. Rio-de-Janeyrodagi olmpiadada Rossiya suzuvchilar jamoasiga kroll estafetasining final musobaqasi vaqtida  tomoshabinlar hushtak chalib oʻz norozoligini bildirgan.

Rossiyalik suzuvchilar Andrey Grechin, Danila Izotov, Vladimir Morozov va Aleksandr Suxorukov musobaqaga chiqish vaqti tomoshabinlar hushtak chalib norozilik bildirishdi.  

“Men oxirgi 15 metrda harakat qilishga qiynaldim. Bugun medal ololmaganimizdan afsusdaman. Bizga hushtak chalib norozilik bildirishlari – kutilgan voqea edi”, — dedi Rossiyalik suzuvchi Morozov jurnalistlarga.

Musobaqa natijasiga koʻra, AQSH jamoasi gʻolib boʻlgan, Rossiya toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

Eslatib oʻtamiz, Vladimir Morozov Olimpiadada qatnashish huquqini Sport arbitraj sudi, bir marta amalga oshirilgan qoidabuzarlik uchun ikki marta jazo berilmaslik huquqi asosida, Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining qarorini bekor qilganidan keyin, qoʻlga kiritgan edi. Morozovning ismi sharifi Richard Maklaren boshchlik qilgan komissiya hisobotida koʻrsatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala