Jamiyat

AQShda "UZBEK" avtomobil raqami qayd etildi

© Greg GjerdingenAmerikanskiye avtomobili
Amerikanskiye avtomobili - Sputnik Oʻzbekiston
Bunday “maxsus” nomerlar uchun, odatda 10-25 $ toʻlov olinadi.

TOSHKENT, 8 avg — Sputnik. AQShda ilk bor “UZBEK” avtomobil davlat raqami qayd etildi. Fargʻonalik Jahongir ismli immigrant oʻz avtomobili suratini Instagram ijtimoiy tarmogʻi sahifasida joylashtirdi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz sahifasi.

Nashr xabariga koʻra, AQShda fuqarolar oʻz avtomobillari davlat raqami sifatida har qanday son yoki harfni, hatto iborani ham olishi mumkin. Albatta ular takrorlanmasligi va boshqalarni haqorat qilmasligi kerak.

Bunday “maxsus” nomer uchun davlatga 10-25 dollar toʻlov toʻlash kerak boʻladi. Nomer tayorlash uchun uch hafta vaqt kerak boʻladi. Tayor boʻlgan davlat raqami fuqaroning uy adresiga yuboriladi.

 

© InstagramAQShda birinchi bor UZBEK avtomobil davlat raqami roʻyxatga olindi.
Vpervыe v SSHA zaregistrirovan avtomobilnыy nomer UZBEK - Sputnik Oʻzbekiston
AQShda birinchi bor UZBEK avtomobil davlat raqami roʻyxatga olindi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala