Jamiyat

Oʻzbekistonlik bokschilar ¼ finalga chiqdi

© FotoliaBokserlar jangi
Bokserlar jangi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bugungi kun yakuniga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi ikki bronza medali sohibi boʻlgan. Sovrinlar dzyudochilarimiz Rishod Sobirov va Diyorbek Oʻrozboyevlar tomonidan yutib olingan. Ayni damda Oʻzbekiston jamoasi medallar soni boʻyicha 21 oʻrinni egallab turibdi.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Oʻzbekistonlik Hasanboy Doʻstmatov (49 kg) Rustam Toʻlaganov (91 kg) musobaqalarning uchinchi kunida boks boʻyicha ¼ finalga chiqishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Uzbekskiy bokser Xurshid Tadjibayev - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Oʻzbekiston boks jamoasi birinchi gʻalabani qoʻlga kiritdi

Boʻlib oʻtgan janglarda Hasanboy Doʻstmatov Meksikalik Joze Velaskesni 3:0 hisobida yengdi, Rustam Toʻlaganov boʻlsa Ekvadorlik Sezar Kastello ustidan xuddi shunday hisob bilan gʻalaba qozondi.

Keyingi janglarda ushbu sportchilar jiddiyroq raqiblar bilan uchrashadi. Doʻstmatov — Qozogʻistonlik Birjan Jakipov bilan, 11 avgustda uchrashadi. Jakipov — 2013 jahon chempioni, jamoada eng tajribali sportchi va u 32 yoshda. 

Rustam Toʻlaganov boʻlsa Ozarbayjonlik Abduqodir Abdullayev bilan uchrashadi. Abdullayev oʻtgan yili Yevropa oʻyinlari gʻolibi, jahon chempioni bronza sovrindori boʻlgan edi. Ogʻir vazndagi bokschilar jangi 10 avgustda boʻlib oʻtadi.

Boks jangi - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Rioda oʻzbek bokschilarining raqiblari aniqlandi

Bugun kechqurun esa, Xurshid Tojiboyev 60 kg vazn toifasida Britaniyalik Jozef Kordinga qarshi ringga chiqadi. Jang Toshkent vaqti bilan 19:30da boshlanadi. Ekspertlar fikriga koʻra Oʻzbekistonlik sportchi oʻz vazn toifasida hozir dunyoda toʻrtinchi oʻrinni egallab kelmoqda. Roʻyxat boshida Kubalik Lasaro Alvares, Ozarbayjonlik Albert Selimov va Rossiyalik Adlan Abdurashidovlar.  

Bugungi kun yakuniga koʻra Oʻzbekiston terma jamoasi ikki bronza medali sohibi boʻlgan. Sovrinlar dzyudochilarimiz Rishod Sobirov va Diyorbek Oʻrozboyevlar tomonidan yutib olingan. Ayni damda Oʻzbekiston jamoasi medallar soni boʻyicha 21 oʻrinni egallab turibdi.

Yangiliklar lentasi
0