O‘zbekiston KXShT o‘quv-mashg‘ulotlarida qatnashadi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishKXShT Operativ javob berish kuchlari o‘quv-mashg‘ulotlari
KXShT Operativ javob berish kuchlari o‘quv-mashg‘ulotlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Leningrad viloyatida bo‘lib o‘tadigan harbiy o‘quv-mashg‘ulotlar, KXShT mamlakatlaridan biri chegarasida vaziyat keskin yomonlashganda, turli xil va turli millat qo‘shnlari hatti-harakatini o‘zaro muvofiqlashtirishga qaratilgan.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Rossiyaning Pskov va Leningrad viloyatlarida "Vzaimodeystvie-2016" (Hamkorlik-2016) nomli Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkiloti mamlakatlari shtab-qo‘mondonlik o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi.

O‘quv mashg‘ulotlarida G‘arbiy harbiy okrug qo‘shnlari, Rossiya harbiy-desant kuchlari hamda Belorussiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Armaniston, Tojikiston, va Qirg‘izistondan olti mingga yaqin askar va zobitlar ishtirok etishi rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.  

“KXShT birlashgan operativ javob berish kuchlari "Vzaimodeystvie–2016" shtab-qo‘mondonlik o‘quv-mashg‘ulotlarida qatnashadi. Mashg‘ulotlar 13-avgustda Pskov va Leningral viloyatlarida uch ixtisoslashgan poligonlarda bo‘lib o‘tadi. Mashg‘ulotlarda oltim mingga yaqin askar va zobitlar hamda mingga yaqin harbiy va maxsus texnika ishtirok etadi”, — deyilgan xabarda. 

O‘quv-mashg‘ulotlarining asosiy vazifaci, bu – KXShT mamlakatlaridan biri chegarasida  vaziyat keskin yomonlashganda, turli xil va turli millat harbiy kuchlari hatti-harakatini o‘zaro muvofiqlashtirishdir.

Kollektiv Xavfsizlik shartnomasi tashkiloti MDH mamlakatlari orasida 1992-yilning 15-mayida tashkil qilingan edi. Bugungi kunda Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston tashkilot a’zolari. O‘zbekiston 2012-yil oxirida tashkilot a’zoligidan chiqqan.

Yangiliklar lentasi
0