TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. Afgʻoniston hukumati “Islom davlati” va “Tolibon” terrorchilik guruhlariga qarshi kurash uchun Rossiyadan bemminat yordam olishga umid qilmoqda, deb xabar qiladi RIA Novosti “Izvestiya” gazetasi xabariga asosan.
Xususan, Afgʻoniston rahbariyati Rossiyadan Mi-35 zarba beruvchi vertolyotlarini bepul yetkizib berishga umid qilmoqda, deb yozadi nashr afgʻon tashqi siyosati vakillari xabariga asosan.
Dushanba kuni Wall Street Journal gazetasi, mahalliy mansabdor shaxslar xabariga asoslanib, Afgʻoniston sharqida ID va “Tolibon” terrorchi guruhlari birlashganini xabar qildi.
“Oxirgi boʻlib oʻtgan voqealarni hisobga olgan holda, Qobul Moskvadan zamonaviy zarba beruvchi qurol-yarogʻning maʼlum turlarini talab qilishni rejalashtirigan”, - deb yozadi “Izvestiya” nashri.
Gazeta manbaining fikriga koʻra, agar ID va “Tolibon” haqiqatdan ham birlashgan boʻlsa, bu Afgʻoniston hukumati vakolatiga putr yetkizadi va butun Oʻrta Osiyo hududi xavfsizligiga tahdid soladi.
“Moskva uchun ushbu hududda tinchlik boʻlishi juda muhim ahamiyatga ega, shuning uchun ushbu vaziyatda Qobul oʻz doʻstlaridan yordam soʻrash huquqiga ega. Gap harbiy operatsiya boshlash haqida ketayotgani yoʻq. Rossiya tomonidan imkoni qadar kam yordam, bu – qurol-aslaha yetkizib berish”, — deb manbaaning soʻzini keltiradi nashr.
Biroz oldin, Rossiya prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili, TIV 2gʻdepartamenti direktori Zamir Qobulov, Afgʻonistonga Mi-35 zarba beruvchi vertolyotlari yetkizib berish masalasini muhokama qilinayotgani haqida xabar bergan edi. Uning soʻzlariga qaraganda, Qobul ushbu harbiy texnikani “imkon qadar bepul” olishga harakat qilayotganini, Moskva esa faqat “tijorat shartnomasi asosida” ishlashga tayor ekanligini taʼkidlagan edi.
Afgʻonistonda oxirgi bir necha oy davomida “Islom davlati” terrorchilik guruhi taʼsiri kuchayib bormoqda. Oʻtgan bir necha oy davomida ID tomonidan mamlakat hududida yuzlab kishilarning umriga zomin boʻlgan bir necha teraktlar amalga oshirildi.
Oʻtgan hafta Pokistondan Rossiyaga taʼmirlash uchun yoʻl olgan vertolyot Afgʻoniston hududida favqulodda qoʻnishga majbur boʻlgani va Tolibon vakillari uning ekipajini asirga olganihaqida xabar bergan edik. Ushbu vertolyotda bir Rossiya fuqarosi boʻlganini Rossiya TIV tomonidan tasdiqlangan edi.