Jamiyat

Slovakiya kompaniyasi bolalar tibbiyot markazini bepul jihozlaydi

© Sputnik / Sergey MelkonovBolnitsa v Valge. Kompyuternыy tomograf
Bolnitsa v Valge. Kompyuternыy tomograf - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Slovakiya kompaniyasi yangi diagnostika-davolash markaziga 7 mln dollarlik asbob-uskunalarni bepul yetkizib beradi.

TOSHKENT, 9 avg – Sputnik. Slovakiyaning Synecta kompaniyasi Toshkent viloyatida joylashgan Respublika Bolalar harakat-tayanch tizimi reabilitatsiya markaziga bepul jihozlaydi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

“Hukumat qarori bilan markazni kengaytirish choralari koʻrilgan. Slovakiyalik kompaniya uni jihozlashda bepul yordam beradi”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, Slovakiya kompaniyasi 200 oʻringa ega boʻlgan davolash-diagnostika markaziga qiymati 7 mln dollar boʻlgan kerakli tibbiyot texnikasini yetkizib beradi. Umumiy qiymati 20 mln boʻlgan yangi korpus qurilishi loyihasi 2017 yilda yakunlash rejalashtirilgan.

Respublika Bolalar harakat-tayanch tizimi reabilitatsiya markazi 2009 yilda Respublika bolalar Poliomelit kasalxonasi asosida tashkil qilingan edi. 100 oʻringa ega boʻlgan ifoxona, bugungi kunda Oʻzbekistonning barcha hududlaridan bolalarni qabul qilmoqda. Markazga har kuni mingga yaqin bolalar murojaat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0