Jamiyat

Oʻzbekistonda kuchli himoyalangan elektr hisoblagichlari oʻrnatiladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka oʻtishZamena starыx elektroschetchikov v jilыx domax
Zamena starыx elektroschetchikov v jilыx domax - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Osiyo Taraqqiyot banki Oʻzbekistonning uch viloyatida elektr quvvatini hisoblash avtomatik hisoblagichlar oʻrnatish uskunalari uchun 150 mln $ kredit ajratdi. Hisoblagichlar xususan, Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida oʻrnatiladi. Loyihaning umumiy narxi 200 mln dollardan ortiq.

TOSHKENT, 9 avg — Sputnik. "zbekenergo" va Korea Telecom kompaniyalari avgust oxiridan boshlab Oʻzbekistonning uch viloyatida avtomatik elektr hisoblagich asboblari oʻrnata boshlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yaqin bir necha yil ichida Osiyo va Islom Taraqqiyot banklar hamda Jahon banki kreditlari hisobidan Butun respublika boʻylab 6 mln dona avtomatik elektr hisoblagichlar oʻrnatishni rejalashtirgan. Shu bilan bir vaqtda,  yagona billing tizimi tashkil qilinadi va foydalanuvchilarning yagona maʼlumotlar bazasi yaratiladi.  Ushbu loyihaning umumiy qiymati 800 mln dollardan ortiq.

Iqtisod
“Oʻzbekenergo” 800 ming elektr hisoblagichlari oʻrnatishga pudratchi tanlovni boshladi

“Janubiy Koreyaning Korea Telecom kompaniyasi Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlarida zamonaviy hisoblagichlar oʻrnatish tenderida gʻolib chiqdi. Uzoq vaqt boʻlib oʻtgan maslahatlardan keyin tomonlar Xitoyning "Shendjen Kaifa" korxonasini hisoblagichlarning asosiy yetkizib beruvchisi sifatida tanlashdi. Oʻzbekiston tomoni qoʻygan talablarga faqat ushbu kompaniya mahsuloti toʻliq javob bergan. “Avval biz Janubiy Koreyadan sotib olmoqchi boʻlgan edik, lekin u yerda bizga kerakli hisoblagichlar ishlab chiqarilmas ekan”, — dedi “Oʻzbekenergo” vakili.

Oʻzbekistonda elektr energiyasi taʼminoti sohasida oʻziga xos xususiyatlari bor. Bu yerda hisoblagichlar koʻrsatkichlarini kamaytirish hollar tez-tez uchrab turadi.  Janubiy Koreya yoki Yaponiyada bunday muammo yoʻq, chunki aholi dunyoqarashi boshqacha.  Shuning uchun ham u mamlakatlarda ochish va buzishdan kuchli himoyalangan hisoblagichlar ishlab chiqarilmaydi, — dedi “Oʻzbekenergo” vakili.

Avgust oxirida Xitoylik korxona Oʻzbekistonga elektr hisoblagichlar yetkizib bera boshlaydi. Jami 25 ming dona hisoblagichlar sotib olish rejalashtirilshgan. Ular Qorovulbozor, Pastdargʻom va Yangiobod tumanlari orasida taqsimlanadi. Sentyabr oyida ular oʻrnatiladi. Noyabr oxirida ular faoliyatining dastlabki natijalari maʼlum boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, mamlakat tarixida birinchi avtomatik elektr hisoblagichlar oʻrnatish, Toshkent shahrining Bektemir tumanida 10,4 ming abonent xonadonlarida amalga oshirilgan edi.

Iqtisod
"Oʻzbekenergo" elektr hisoblagichlarni bepul oʻrnatadi

“Tajriba loyihaning samarali ekanligini koʻrsatdi. Masalan, avtomatik hisoblagichlar oʻrnatilmasdan oldin, har kuni elektr quvvati uchun 4,5 mln soʻm mablagʻ jamlanar edi. Hisoblagichlar oʻrnatilganidan keyin esa, 12 mln soʻm. Qarzdorlar soni ham 6111 kishidan 1478 kishiga kamaydi. Abonentlarning umumiy qarz hajmi bir necha baravar kamayib 441 mln soʻmni tashkil qildi. Yana bir muhim omil – elektr uzatish vaqtidagi yoʻqotishlar 9,3% dan 2 %gacha kamaydi”, — dedi suhbatdosh.

Undan tashqari ushbu tajriba tufayli, elektr tarmogʻiga koʻplab noqonuniy ulanishlar va hisoblagichlar koʻrsatkichini oʻzgartirish holatlariga chek qoʻyilgan.

Yangiliklar lentasi
0