Putin va Erdo‘g‘on uchrashuvi boshlandi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishVstrecha prezidentov Rossii i Tursii V. Putina i R. Erdogana
Vstrecha prezidentov Rossii i Tursii V. Putina i R. Erdogana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Toyyip Erdo‘g‘on prezidentlar uchrashuvida ikki mamalkat o‘rtasidagi hamkorlik regiondagi ko‘plab muammolarni hal qilishiga hissa qo‘shishini ta’kidladi.

TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Turkiya va Rossiya prezidentlari uchrashuvi Sankt-Peterburgdagi Konstantinov saroyining Yunon mehmonxonasida bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuv rahbarlarning qo‘l siqib salomlashishidan boshlandi. Toyyip Erdo‘g‘on Vladimir Putinga uchrashuv imkoniyati va Turkiyada bo‘lib o‘tgan harbiy ison vaqtida qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

O‘tgan safar Putin va Erdo‘g‘on 2015-yilning 16-noyabrida Antaliyadagi G20 sammiti vaqtida uchrashishgan edi.

Toyyip Erdo‘g‘on, Rossiya prezidentining Turkiyada davlat to‘ntarishga bo‘lgan urinishdan keyingi qo‘ng‘irog‘i, uni va turk xalqini juda xursand qilganini  ta’kidladi.

“Haqiqatdan ham, sizning davlat to‘ntarishga bo‘lgan urinishdan keyingi qo‘ng‘irog‘ingiz, meni va  hamkorlarimni hamda bizning xalqimizni juda xursand qildi. Bizning xalqimiz davlat to‘ntarilishiga bo‘lgan har qanday urinishlarga qanchalik qarshi bo‘lsa, u shunchalik kuchli demokratiyani xoxlaydi. Buninng hammasini yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan demokratiya namoyishlarda kuzatish mumkin edi”, — dedi Erdo‘g‘on uchrashuv vaqtida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Turkiya xalqi prezident Toyyip Erdo‘g‘on boshchiligida krizisdan qutilishga muvaffaq bo‘lishiga umid bildirdi.

“Sizning boshchiligingizda, turk xalqi barcha muammolarni yengib o‘tadi va mamlakatda qonun ustuvorligi tiklanadi”, — dedi Vladimir Putin uchrashuv davomida.

Turkiyada yaqinda bo‘lib o‘tgan isonni nazarda tutgan holda, Putin, Rossiya har doim, har qanday konstitutsiyaga zid hatti-harakatga qarshi ekanligini ta’kidladi.  

“Yana bir marta ta’kidlamoqchiman, biz har qanday konstitutsiyaga zid hatti-harakatga, qat’iyan qarshimiz”, — dedi Vladimir Putin.

Turkiya prezidenti Toyyip Erdo‘g‘on prezidentlar uchrashuvida ikki mamalkat o‘rtasidagi hamkorlik regiondagi ko‘plab muammolarni hal qilishiga hissa qo‘shishini ta’kidladi.

Prezidentlar uchrashuvidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri videotranslyatsiyani sahifamizning rus tili bo‘limida tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0