Dunyoda

Putin: Ukraina chorasiz qolib, endi terror yoʻliga oʻtdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrim yarimorolida Ukraina Mudofaa vazirligi tomonidan tayyorlangan maxsus jinoiy guruh sodir etmoqchi boʻlgan qoʻporuvchilik harakatlariga keskin munosabat bildirdi.

TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Rossiya yetakchisi roʻy bergan holatni "ahmoqona va jinoiy aktsiya" deb atab, ayni damda "normand shaklida" uchrashuv oʻtkazish befoyda ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi. RIA Novosti xabari asosida.

Federal Xavfsizlik Xizmati teraktning oldini oldi

Kuni kecha Rossiya FXX Qrim yarimorolida yuz berishi mumkin boʻlgan teraktning oldini oldi. Maʼlumotlarga koʻra, qoʻporuvchilik ishlari Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi tomonidan tayyorlangan.

Rossiya va ukraina chegarasidagi Qrim yozuvi bitilgan stela - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ukraina razvedkachilari Qrim yarimorolida terakt uyushtirmoqchi boʻldi
Teraktlar Qrim yarimorolining eng muhim infratuzilmalarida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan va bundan maqsad saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish davrida yarimoroldagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarish boʻlgan.

"Rossiyskaya gazeta" nashri xabariga koʻra, diversantlar Simferopol-Yalta trassasini portlatmoqchi boʻlgan.

Bir guruh jinoyatchilar 7 avgustga oʻtar kechasi Qrim yarimorolining Armyansk tumanida qoʻlga olingan. Bu ishda mahalliy aholining hushyorligi katta foyda bergan.

Jinoyatchilarni qoʻlga olish operatsiyasi davomida bir FXX xodimi halok boʻlgan, yana bir rossiyalik harbiy Ukraina tomonidan ochilgan oʻt qurboniga aylangan.

Toʻqnashuv joyida kuch ishlatish organi xodimlari Ukraina armiyasi maxsus boʻlinmasiga tegishli qurol-aslahalar hamda 20 dona qoʻlbola bombani topishgan. Qoʻporuvchilik harakatlarini amalga oshirishda gumonlanib 7 nafar shaxs hibsga olingan. Qrim yarimorolida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Terrorga oʻtish

Rossiya prezidenti Vladimir Putin boʻlib oʻtgan hodisani "xavfli oʻyin" deb atadi hamda Ukraina vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishning oʻrniga, endi terror yoʻliga oʻtdi, deya taʼkidladi.

"Bir qarashdan bu ahmoqona bir jinoiy aktsiya. Ahmoqona deganimning boisi, Qrim yarimorolida yashab kelayotgan odamlarga bu tarzda ijobiy taʼsir oʻtkazishning iloji yoʻq, jinoiy deganimning sababi esa, bu xavfli oʻyinda odamlar halok boʻlishi mumkin edi", — deya taʼkidladi prezident.

Vladimir Putinning fikricha, bu oʻyinni amalga oshirishdan birgina maqsad Ukraina aholisini mamlakatdagi inqirozga uchragan iqtisodiy sharoitdan, Kiyevni qoʻlga olib, oʻz xalqini oʻmarishda davom etayotgan shaxslardan imkon qadar chalgʻitish.

Befarq boʻlmaymiz

Putin ikki harbiy oʻlimiga Rossiya koʻz yummasligini taʼkidladi. "Bu kabi holatlar yonidan befarq oʻtmaymiz. albatta", — dedi u. Rossiya yetakchisi fuqarolar hamda infratuzilma obʼyektlari xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur choralar koʻrilishini qoʻshimcha qildi. "Buning uchun jiddiy qoʻshimcha va texnik choralar koʻriladi, ammo bu ham hammasi emas", — dedi Putin.

"Normand shakli" boʻyicha zarba

Rossiya prezidenti fikriga koʻra, bugungi kunda roʻy bergan voqealardan soʻng, "normand shakli"dagi uchrashuvlardan hech qanday naf yoʻq.

BMT Xavfsizlik kengashi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya BMTda Ukrainaning Qrim haqidagi taklifiga veto qoʻydi
Bugungi kunda Kiyev hukumatini qoʻllab-quvvatlayotganlar, ular kelajakda nimani xohlashlarini aniq belgilab olishlari lozim: ularning mijozlari kelajakda ham bu kabi fitnalarni uyushtirishda davom etishinimi yoki vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilishnimi?

Rossiya yetakchisi Ukraina ittifoqdoshlari, va nihoyat, Kiyev hukumatiga bosim oʻtkazish uchun aniq choralar koʻrishlariga umid bildirishini maʼlum qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala