Ikki o‘zbek bokcchisi - kamida bronza medaliga sazovor bo‘ldi

© aibaO‘zbekistonlik bokserlar
O‘zbekistonlik bokserlar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimpiada musobaqalari yarim finalida Hasanboy Do‘stmatov AQShlik Migel Ernandes bilan, Rustam To‘laganov esa – rossiyalik Yevgeniy Tishenko bilan uchrashadi.

TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Ikki o‘zbek bokschisi,  Hasanboy Do‘stmatov va Rustam To‘laganov Olimpida musobaqalarining yarim finaliga chiqib, kamida bronza medali sovrindori bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Eng yengil vazn (49kg) toifasida ishtirok etayotgan Hasanboy Do‘stmatov chorak finalda qozog‘istonlik Birjan Jakipovni sezilarli ustunlik bilan yengdi. Uchchala raundda ham o‘zbek sportchisi ustun keldi.

Uzbekskiy bokser Xurshid Tadjibayev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston boks jamoasi birinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Yarim finalda Do‘stmatov AQShlik 20 yoshli Migel Ernandes bilan bellashadi. Ernandes uchun bu birinchi olimpiada. Hasanboy esa ko‘plab xalqaro musobaqalar tajribasiga ega. Jang 12-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.   

Ikkinchi o‘zbek bokschisi Rustam To‘laganov chorak finalda Ozarbayjonlik Abduqodir Abdullayev ustidan 3:0 hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvning birinchi raundi oxirida To‘laganovning oyog‘i toyib ketib yiqilib tushdi va sudya unga nokdaun e’lon qildi. Mag‘lubiyat muqarrar ko‘rinishiga qaramasdan,  uch raundda ham Rustam ringda yetakchilik qilib raqibni juda qattiq bosim ostiga oldi va 3:0 hisobda g‘alaba qozondi. 

Uzbekskaya olimpiyskaya sbornaya po boksu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston boks jamoasi Olimpiya o‘yinlariga to‘liq tarkibda qatnashadi

Yarim finalda Rustam To‘laganov AIBA reytingi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turgan Yevgeniy Tishyenko bilan uchrashadi. Jang 13-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekistonlik yana bir bokschi Fazliddin G‘oyibnazarov 64kg vazn toifasida o‘zining birinchi raqibi bo‘lgan Kongolik Jalamu Malonga ustidan ishonchli g‘alaba qozondi. Jang davomida G‘oibnazarov Malongani ikki marta nokdaun qildi. Uchinchi raund esa — texnik nokaut tufayli, O‘zbekistonlik sportchining g‘alabasi bilan, mudatidan oldin tugadi.

Fazliddinning keyingi jangi 14-avgustda Hindistonlik Manoj Kumarga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Bugun yana ikki O‘zbekistonlik bokschi ringga chiqadi. Elshod Rasulov (81 kg) Britaniyalik Joshua Buatsi bilan uchrashadi, Shahrom G‘iyosov (69 kg) bo‘lsa — litvalik Eymantas  Stanionis bilan bellashadi.

Yangiliklar lentasi
0