Migratsiya

Germaniyaga kirib borayotgan 80% qochqinlar shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega emas

Bild nashriga koʻra, qochqinlar oʻz hujjatlarini atay yashirib, migratsiya xizmatida esa ularni yoʻqotib qoʻyganliklari haqida maʼlum qilishmoqda.

TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Bild nashri payshanba kuni eʼlon qilgan xabarga koʻra, Germaniyaga kirib kelgan qochqinlarning 80% shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega emas. RIA Novosti xabari asosida.

Qochoqlar - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Zaxarova: YEIning qochoqlar borasidagi kelishuvi “qul savdosini eslatadi”
Nashrga koʻra, qochqinlar oʻz hujjatlarini atay yashirib, migratsiya xizmatida esa ularni yoʻqotib qoʻyganliklari haqida maʼlum qilishmoqda. Qochoqlarning kattagina qismi esa oʻzlarini Suriya fuqarosi sifatida koʻrsatmoqda, negaki shu tariqa Germaniyada yashash huquqini qoʻlga kiritish imkoniyati yuqori.2015 yilda Suriyadan kirib kelgan qochoqlarning 96% Germaniyada qabul qilingan edi.

Bundan tashqari, koʻplab boshpana izlovchilar oʻz yoshini atay kichraytirib aytmoqda — negaki, migratsiya xizmati shaxsni "balogʻat yoshiga yetmagan, kuzatuvchisiz kelgan", deb topgan taqdirda qochqinga ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasidan oyiga 80dan to 180 yevro miqdorida toʻlov toʻlab borilishi lozim, deb xabar qilmoqda Bild.

2015 yilda Germaniya bir milliondan ortiq qochqinlarni qabul qildi. Suriya va Afgʻonistondan kirib kelgan qochqinlar tomonidan Bavariyada iyul oyida amalga oshirilgan qator teraktlardan soʻng, Germaniya IIV mamlakat xavfsizligini oshirish chora-tadbirlari majmuini ishlab chiqdi. Yangi tashabbus taqdimoti payshanba kuni Berlinda boʻlib oʻtadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala