Jamiyat

Lola Karimova - oʻzbek ekanligimdan magʻrurlanaman

Lola Karimova 21 asrda inson qaysi millatga mansubligi haqidagi savol berish - nodonlik deb atadi, va oʻzbek millatiga mansubligidan magʻrurlanishi aytdi.

TOSHKENT, 11 avg — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining kichik qizi, Lola Karimova oʻzining oʻzbek millatiga mansub ekanligi bilan magʻrurlanib, irqchilik va millatchilkni "vahshiy" hislar deb atadi.

Bu haqida Lola Karimova oʻzining Instagram sahifasida shunday yozadi (tahririyat tarjimasi):

"lola_tillyaeva… Odamlar tez-tez mening, turmush oʻrtogʻimning va bolalarimning millati nima ekanligi bilan qiziqayotganini, bizning qay birimiz, kim tomonidan qanchalik oʻzbek ekanligimizga baho berayotganini eshitaman. Bu savolda, men oʻrganib qolgan, havasaki qiziquvchanlik bilan bir qatorda,  men uchun butunlay yot boʻlgan, vahshiy xususiyat — millatchilik alomatlari ham bor. XXI asrda bunday savol berishning oʻzi nodonlik.

Koʻpchilik qiziqayotgan ushbu savolga javob berishga qaror qildim. Mening javobim shunday:

Men, oʻzbek ekanligimdan, magʻrurlanaman.

Oʻz davrimning va oʻz millatimning mahsuliman. Qanday?

• Ikkinchi Jahon urushi vaqtida va undan keyin oʻnlab millat vakillarini, oʻz jigarbandlaridek kutib olgan mana shu Yer va unda yashayotgan millat vakiliman;  

• Orasida hech qachon irqchilar boʻlmagan, boshqa millatlarga koʻngli ochiq boʻlgan, ular bilan foyda asosida emas, sevgi asosida turmush qurgan millat vakiliman. Belorussiyalik qizga uylangan mening Fargʻonalik oʻzbek bobom kabi. Ularning hayoti oson kechmagan, lekin juda qiziq boʻlgan. Ular birgalikda ochlik, sovuq va yoʻqotishlarni boshdan kechirgan boʻlsada, oʻzaro sevgi va hurmatni yoʻqotmagan. Urushdan bir necha yil oʻtib mening bobom buvimni kichik qizchasi (mening onam) bilan birga oʻz ona yeri — Quvasoyga olib kelgan. Buvim oʻz onasi va singlisini ham birga olib kelgan. Ular Vodiyda bir umr yashab, oʻsha yerdagi nasroniylar mozoriga koʻmilgan. Uning yonginasidagi musulmon mozorida esa, mening bobom – Akbar Sultonovich koʻmilgan. Ushbu ikki qabriston bir tepalik ustida joylashgan, ularning orasi juda yaqin. U yerdan mening bolaligim shahri – kichkina yam-yashil Quvasoyga juda chiroyli koʻrinish ochiladi.

Ularning hammasi — hozir oʻsha yerda, birga…  

• Men oʻzimni, boshqalarga doimo hurmat va doʻstona nigoh bilan qaragan millat vakili deb bilaman. Asrlar davomida Buyuk Ipak Yoʻli chorrahasida yashagan millatdan boshqa qanaqa munosobat kutish mumkin;

•Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Qoʻqon, Fargʻona kabi shaharlarni barpo qilgan va oʻzining yaratuvchanlik ruhi bilan dunyo tsivilizatsiyasiga ulkan hissa qoʻshgan millat vakiliman;" 

For English see comments' section below. Oʻzbek tilida quyidagi sharhda oʻqing.YA chasto slыshu o tom, kak lyudi interesuyutsya moyey natsionalnostyu, natsionalnostyu moix detey, moyego supruga, pыtayutsya otsenit kto naskolko uzbek i po kakoy linii. Po-mimo prazdnogo lyubopыtstva, k kotoromu ya vpolne privыkla, v etom prisutstvuyet nekrasivыy ottenok dikogo dlya menya kachestva, natsionalizma, i v XXI veke eto zvuchit, na moy vzglyad, glupo i nevejestvenno. YA reshila otvetit na etot vopros, tak jarko interesuyuщiy mnogix. Otvet moy takov: YA gorjus tem, chto ya uzbechka. Produkt svoyego vremeni i produkt svoyey natsii. Kakoy? • toy natsii, projivayuщix zdes lyudey, chya Zemlya i chey narod priyutili, kak rodnыx desyatki natsionalnostey vo vremya i posle Vtoroy Mirovoy voynы; • imenno toy natsii, chi lyudi nikogda ne yavlyalis rasistami i bыli otkrыtы k drugim narodam, zaklyuchaya braki, osnovыvayas ne na vыgode, a na chuvstve lyubvi, kak naprimer, moya babushka beloruska i moy dedushka ferganskiy uzbek, projivshiye ochen neprostuyu, no interesneyshuyu jizn. Proydya golod, xolod i lisheniya, no pronesya glavnoye — chuvstva uvajeniya i lyubvi. Cherez neskolko let posle okonchaniya voynы on (moy dedushka) privyoz yeyo (moyu babushku) uje s malenkoy dochkoy (moyey mamoy) v svoy rodnoy Kuvasay. A ona (moya babushka) privezla s soboy svoyu mamu (moyu prababushku) i sestru, kotorыe projili v Doline vsyu jizn i poxoronenы tam je na xristianskom kladbiщe, kotoroye naxoditsya ryadom s musulmanskim, gde pokoitsya moy dedushka Akbar Sultanovich. Eti dva kladbiщa v gorode, razdelyonnыe lish nominalno nebolshim rasstoyaniyem, naxodyatsya na odnom xolme, otkuda otkrыvayetsya krasivыy vid na gorod moyego detstva, malenkiy zelyonыy gorodok Kuvasay. I tam oni seychas vmeste… • ya schitayu sebya potomkom toy natsii, chim otnosheniyem k drugim bыlo uvajeniye i drujelyubiye, ved nevozmojno predstavit drugogo otnosheniya u naroda, ispokon vekov naxodivshegosya na perekrestkax Shelkovogo Puti; • natsii, vozvodivshiye goroda, takiye kak Samarkand, Buxara, Xiva, Tashkent, Kokand, Fergana. Lyudey, kotorыe vnesli neotsenimыy vklad v razvitiye mirovoy tsivilizatsii svoim sozidaniyem; ➡️➡️⬇️⬇️

Foto opublikovano Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva) Avg 11 2016 v 3:15 PDT

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala