Amerikalik kinochilar “Paxtakor-79” haqida film suratga olmoqda

© FK "Paxtakor"Paxtakor 79 haqida hujjatli film suratga olayotgan kinochilar
Paxtakor 79 haqida hujjatli film suratga olayotgan kinochilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu hujjatli film Paxtakor jamoasining rasmiy saytida joylashtiriladi.

TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Amerikalik rejisser Brayn Song va operator Dada Shikako Toshkentda “Paxtakor-79” va Mixail An haqida hujjatli film suratga olmoqda, deb xabar qiladi jamoa matbuot xizmati.

Mehmonlar jamoa tarixi bilan tanishishdi. Tashrif davomida film yaratuvchilari mixail Anning o‘g‘li, “Paxtakor” akademiyasida ishlaydigan Dmitriy Andan intervyu olishdi.

1979 yilda qurbon bo‘lgan jamoa o‘yinchsini Idgaya Tazetdinovning bevasi Alla Tazetdinova ham "Paxtakor-79" jamoasi haqidagi o‘zining xotiralari bilan baham ko‘rishdi.

Undan tashqari, ko‘p yillar davomida “Paxtakor” jamoasida o‘ynagan mashhur Berador Abduraimovning o‘g‘li Azamat Abduraimov ham filmni suratga olishda ishtirok etgan.

Hujjatli filmni  “Paxtakor” jamoasining rasmiy internet sahifasida joylashtirish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0