Hodisalar

"Islom davlati" amiri aviazarbalar yordamida oʻldirildi - Pentagon

© AP Photo / Militant website via AP, File"Islom davlati" terrorchilik uyushmasi jangarilari
Islom davlati terrorchilik uyushmasi jangarilari - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rasmiy Vashingtonning xabariga koʻra, Afgʻonistondagi "ID" rahbari - Said Xon AQSH boshchiligidagi koalitsiyaga qarshi janglarda bevosita ishtirok etib kelgan. Yetakchining oʻlimi Afgʻonistondagi "ID" pozitsiyalarini ancha boʻshashtirib qoʻyishi aniq, deyiladi muassasa xabarida.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. "Islom davlati"ning mintaqaviy rahbari 26 iyul kuni havo hujumi natijasida oʻldirildi, — deya xabar qildi juma kuni AQSH mudofaa vazirligi. RIA Novosti xabari asosida.

"AQSH harbiy kuchlari "ID" amiri Hofiz Said Xonni yoʻqotish maqsadida Nangarxar viloyati Achin tumanida aviazarbalarni amalga oshirdi", — deyiladi Pentagon bayonotida.

Avvalroq, yaʼni juma kuni, Pokistonning Afgʻonistondagi elchisi Omar Zaxilval ""Islom davlati"ning Afgʻonistondagi mintaqaviy rahbari Hofiz Said Xon boshqa jangarilar qatorida 26 iyul kuni Afgʻoniston qurolli kuchlari koʻmagida AQSH HHK tomonidan amalga oshirilgan havo zarbalari natijasida halok boʻldi", — deya xabar bergan edi.

Keyinchalik bu maʼlumotlar haqiqat ekanligini Pentagonning bir vakili ham Reyterga bergan intervyusida tasdiqlagan.

Afgʻon jangchilari va Islom davlati jangarilari toʻqnashuvi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Afgʻoniston-2016: “ID”, "Tolibon", Xitoy orzulari va Tojikiston xadigi
Rasmiy Vashingtonning xabariga koʻra, Afgʻonistondagi "ID" rahbari — Said Xon AQSH boshchiligidagi koalitsiyaga qarshi janglarda bevosita ishtirok etib kelgan. "Yetakchining oʻlimi "ID" safiga yangi jangarilarni yollash va jinoiy guruhning Afgʻonistonda amalga oshiradigan operatsiyalariga salbiy taʼsir oʻtkazishi, guruh pozitsiyasini boʻshashtirib yuborishi shubhasiz", deyiladi muassasa xabarida.

Soʻnggi vaqtlarda Afgʻonistondagi vaziyat ancha yomonlashgan. Ilgarilari mamlakatning qishloq joylarida kattagina hududni egallab olgan "Tolibon"lar yirik shaharlarga hujumga oʻtdi. Shuningdek, Afgʻonistonda, keyingi paytlarda "Islom davlati" taʼsiri ham ortib bormoqda.

Yangiliklar lentasi
0