Dunyoda

Siyosatchi: Yevropa Turkiyani oʻz xatosi tufayli yoʻqotib qoʻydi

© Press-slujba prezidenta Ukrainы / Mediabankka oʻtishTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yevropa Turkiya siyosatida harbiy isyonning yuzaga kelishiga sabab boʻlgan muammolarni oʻz vaqtida payqay olmadi. YEI yetakchilarining davlat toʻntarishi borasida kechiktirilgan reaktsiyasi esa, Anqarani Yevropa mamlakatlaridan batamom uzoqlashtirdi.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Yevropa Yigʻini Bosh kotibi Turbyern Yaglandning fikricha, Yevropa oʻz xatosi tufayli Turkiyadek ittifoqdoshidan mahrum boʻldi. U bu haqda Klassekampen nashri uchun yozgan maqolasida aytgan. RIA Novosti xabari asosida.

Siyosatchi fikriga koʻra, yevropaliklar Turkiyadagi harbiy isyonni qoralashni ancha choʻzib yuborganliklari turklarni "oʻta gʻazablantirgan va achchiqlantirgan".

Rossiya prezidenti V. Putin va Turkiya rahbari T. Erdoʻgʻonning Sankt-Peterburg shahrida uchrashuvi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Turk oqimi", charterlar va Suriya: Putin va Erdoʻgʻon uchrashuvining asl mohiyati
16 iyulga oʻtar kechasi Turkiyaning Anqara va Istambul shaharlarida bir guruh isyonchilar harbiy yoʻl orqali amaldagi davlat tuzumini toʻntarishga harakat qildi. Turkiya TIV maʼlumotiga koʻra, toʻqnashuv oqibatida isyonchilarning oʻzlarini hisobga olmaganda, 290 kishi halok boʻlgan va ikki mingdan ziyod odam jarohatlangan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻonga yon bosgan kuchlar isyonni bostirishga muvaffaq boʻlgan.

"Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarda qoʻporuvchilik harakatlari sodir etilgudek boʻlsa, Yevropa mamlakatlari yetakchilari "bu hammamizga uyushtirilgan hujum" deya bong urar edi, Turkiyaga kelganda, ular Anqarani qoʻllab-quvvatlash oʻrniga, bu atay uyushtirilgan "tomosha", deya Erdoʻgʻonning oʻzini aybdor qilmoqchi boʻldilar", — deb yozadi Yagland.

Kamiga, Yagland yozgan maqolaga koʻra, yevropalik diplomatlarning aksariyati Fatxulla Gyulen nomiga Anqara rasmiylari tomonidan yogʻdirilgan ayblovlar  asosli ekanini taʼkidlaganlar.

"Bir necha kuni avval Hurriet Daily News nashri Britaniyaning Anqaradagi elchisi bilan katta intervyuni chop etdi. Elchi Turkiyani yaxshi biladi va turkcha soʻzlashadi. U Gyulen tarmogʻi chindan mavjudligini va u xafli ekanligini tasdiqlagan", — deb yozadi siyosatchi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Erdoʻgʻon: isyonchilar taqdiri haqida qaygʻurayotganlar Anqaraga doʻst emas

Bundan tashqari, gʻarb ommaviy axborot vositalari Turkiyada sodir boʻlgan hodisa atrofida avj olgan munozaralarni yoritish oʻrniga, faol tarzda Erdoʻgʻonga qarshi maqolalarni chop eta boshlagan.

"Erdoʻgʻonga qarshi qaratilgan shubha-gumonlar jamoatchilikka muhim maʼlumotlarni olishga halal bermasligi lozim", — deb yozgan Yaglan.

"Anqara va Istambulda boʻlib oʻtgan voqealar buyuk tarixiy oqibatlarga olib keladi, shu bois "suyanchiq boʻla oladigan Yevropaning ishtiroki ayni damda juda muhimdir. Lekin ishonchni tiklash uchun Yevropa "Turkiya oʻz ichki ishlarini mustaqil tartibga keltirish huquqiga ega" degan faktni tan olishi kerak boʻladi", — deya oʻz maqolasiga yakun yasagan siyosatchi.

Yangiliklar lentasi
0