Hodisalar

Asalarilar galasi beshinchi avlod qiruvchisini yerga "mixlab" qoʻydi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka oʻtishAQShning F-22 qiruvchi samolyoti
AQShning F-22 qiruvchi samolyoti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQShning Virjiniya shtatida joylashgan Lengli Yustis avia bazasida asalarilar galasi 5-avlod qiruvchi samolyoti boʻlmish "F-22 Raptor"ni oʻziga "uya" sifatida tanlab oldi.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Virjiniya shtatida asalarilar galasi qiruvchi samolyotni yerga "mixlab" qoʻydilar, deb xabar tarqatgan RIA Novosti axborot agentligi.

Bu hodisa iyun oyi oʻrtalarida roʻy bergan boʻlsa-da, maʼlumot oradan ikki oy oʻtgach ommaga oshkor qilingan.

Nashrda yozilishicha, qiruvchini parvozga tayyorlash uchun kelgan texniklar F-22 dvigatelini bir gala asalarilar egallab olganiga guvoh boʻlishgan.

​Entomologlar bilan maslahatlashgach, harbiylar hasharotlarni yoʻq qilmaslikka qaror qiladilar va mahalliy asalarichilarning birini yordamga chaqiradilar. U esa oʻz navbatida vakuumli shlang yordamida asalarilarni samolyotdan ajratib olib, ularni oʻzi bilan olib ketadi.

Maʼlum boʻlishicha, asalarilar galasi deyarli 4 kg ogʻirlikka ega boʻlib, undagi asalarilar soni 20 mingga yaqin boʻlgan.

Yangiliklar lentasi
0