Dunyoda

Komandante shunday degan: Fidel Kastroning eng yorqin iboralari

© Sputnik / Vladimir Rodionov / Mediabankka oʻtishFidel Kastro
Fidel Kastro - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kuba inqilobining tarixiy yetakchisi, XX asrning eng yorqin siyosatchilaridan biri - Fidel Kastro bugun 90 yoshni qarshiladi.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Kuba respublikasi bugun inqilob yetakchisi Fidel Kastroning 90 yoshga toʻlganini keng nishonlamoqda, deb xabar qiladi RIA Novosti.

Barak Obama va Raul Kastro - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Raul Kastro Barak Obamaning "akalik" qilishiga yoʻl qoʻymadi
Bu mashhur sersoqol shaxs davlat ishlaridan chetlashib, boshqaruvni kenja ukasi Raulga topshirganiga ham bir necha yil boʻldi. Fidel shaxsiga qanday munosabat bildirilishidan qatʼiy nazar, u jahon tarixining ajralmas qismi boʻlib qoladi.

Janob Prezident, menga 10$ yuboring!

Kuba inqilobi tarixiy yetakchisining toʻliq ismi — Fidel Alexandro Kastro Rus. Fidel 14 yoshligida Amerika prezidenti Franklin Delano Ruzveltga maktub yozgan. U xatda Oq uy rahbarini ikkinchi bor prezident boʻlib saylangani bilan tabriklab, Ruzveltdan unga 10 dollarlik banknota yuborishni iltimos qilgan.

"Men hech qachon 10 dollarni koʻrmaganman, ammo shunday pulga ega boʻlishni juda ham xohlayman", — deb yozgan yigitcha. AQSH maʼmuriyati Fidelga javob maktubini yoʻllagani haqida maʼlumot bor, ammo xat ichida 10 dollar boʻlganmi-yoʻqmi, bizga nomaʼlum.

Sersoqol

Fidel Kastroning tashqi koʻrinishidagi eng xarakterli xususiyati — albatta, soqol. Shu bois kubalik inqilobchilarni "barbudos", yaʼni sersoqollar, deya atashgan. Kastro inqilob toʻliq gʻalaba qozonsagina soqolini olishga soʻz bergan. "Agar bir kun soqolingizni olmasangiz, 15 daqiqa tejagan boʻlasiz, bir yilda shu tariqa 10 kunni tejash mumkin. Siz bu vaqtni ish, mutolaa, sport, umuman istagan narsangizga sarflashingiz mumkin. Bundan tashqari, piska, sovun va issiq suv ham tejaladi!", — degan bu borada Kastroning oʻzi.

© Sputnik / Yuriy Abramochkin / Mediabankka oʻtishNikita Xrushchyov va Fidel Kastro Mavzoley minbarida
Nikita Xrushchyov va Fidel Kastro Mavzoley minbarida - Sputnik Oʻzbekiston
Nikita Xrushchyov va Fidel Kastro Mavzoley minbarida

 

Darvoqe, Markaziy razvedka boshqarmasi (TSRU) xodimlari Kastroni talliy tuzlari yordamida soqolidan mahrum qilishni rejalashtirganlar.

Suiqasdlar

Fidel Kastroga qarshi juda koʻp marotaba suiqasd uyushtirilgan. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, ularning soni 600dan ziyod boʻlgan. Yovuz niyatlilar Ozodlik oroli yetakchisini zaharlangan tamaki mahsulotlari, beysbol koptogi ichiga yashiringan bombalar, ruchka-shprits va hokazolar yordamida yoʻq qilishga uringanlar.

Men ketyapman

2006 yil iyul oyi oxirida Fidel Kastro sogʻligʻi tufayli oʻzining eng asosiy pozitsiyalardagi majburiyatlarini ukasi Raul Kastroga topshirgan. 2008 yilning 24 fevralida davlat boshqaruvidagi barcha vakolatlardan voz kechgan, 2011 yilning 24 fevralida esa hukmron partiya rahbarligi lavozimidan ketgan.

AQSH prezidenti Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kastro Obama bilan Guantanamoning Kubaga qaytarilishi haqida gaplashdi
"Harakat va toʻliq fidokorlikni talab etadigan masʼuliyatni oʻz zimmamga oladigan boʻlsam, vijdonimga xiyonat qilgan boʻlaman — sababi, ayni vaqtda jismoniy sabablarga koʻra, ikkisidan ham mahrum boʻlganman, — Kastro oʻzining ketish haqidagi qarorini shu tarzda tushuntirgan edi. — Men bu gaplarni ortiqcha tangliksiz aytyapman… Sizlar bilan vidolashganim yoʻq. Men endi mafkuraviy askar sifatida kurashmoqchiman. "Oʻrtoq Fidelning mulohazalari"ni yozishda davom etaman. Bu tayanish mumkin boʻlgan yana bir qurol boʻladi. Mening ovozim albatta, eshitiladi"…

© Sputnik / Vasiliy Malыshev / Mediabankka oʻtishFidel Kastro 1963 yilda Sobiq Ittifoqqa tashrifi davomida Oʻzbekistonni ham ziyorat qilgan
Fidel Kastro 1963 yilda Sobiq Ittifoqqa tashrifi davomida Oʻzbekistonni ham ziyorat qilgan - Sputnik Oʻzbekiston
Fidel Kastro 1963 yilda Sobiq Ittifoqqa tashrifi davomida Oʻzbekistonni ham ziyorat qilgan

Quyida Fidel Kastro tomonidan aytilgan eng yorqin iboralarni keltirib oʻtamiz.

Oʻzi haqida

"Menga hukm oʻqing! Buning ahamiyati yoʻq! Tarix meni oqlaydi!"

"Agar suiqasdlardan soʻng omon qolish qobiliyati olimpiya oʻyinlaridan oʻrin olganida, men bu borada oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlar edim".

Kurash haqida

"Vatan sizga gʻurur bilan boqsin! Shonli oʻlimdan qoʻrqmang. Vatan uchun jon taslim qilmoq — yashash demakdir!

"Gʻalaba — bu qatʼiyat!"

"Boshqalar uchun kurasha olmagan shaxs, hech qachon oʻzi uchun kurasha olmaydi".

Hozirgi zamon haqida

"Dunyo hozir boshqacha bir davrga kirdi, va undan qanday chiqib olishini kuzatmoq kerak".

© Sputnik / Vladimir Rodionov / Mediabankka oʻtishKuba Kommunistik partiyasi birinchi Bosh kotibi, Kuba Respublikasi Davlat yigʻini raisi va vazirlar mahkamasi raisi Fidel Kastro Rus
Kuba Kommunistik partiyasi birinchi Bosh kotibi, Kuba Respublikasi Davlat yigʻini raisi va vazirlar mahkamasi raisi Fidel Kastro Rus - Sputnik Oʻzbekiston
Kuba Kommunistik partiyasi birinchi Bosh kotibi, Kuba Respublikasi Davlat yigʻini raisi va vazirlar mahkamasi raisi Fidel Kastro Rus
Yangiliklar lentasi
0