O‘zbekiston Braziliyadagi olimpiadada birinchi "oltin"ni qo‘lga kiritdi

© REUTERS/ Peter CziborraHasanboy Do‘smatov oltin medalni qo‘lga kiritdi
Hasanboy Do‘smatov oltin medalni qo‘lga kiritdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hasanboy Do‘smatov kolumbiyalik Yurberyen Martinesga qarshi jangda oltin medalni qo‘lga kiritdi va so‘ngi 16-yil ichida oliy mukofotga loyiq bo‘la olgan birinchi bokschiga aylandi.

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. 14 avgust — O‘zbekiston tarixida o‘ziga xos o‘rin oladigan kun bo‘ldi. Rio Olimpiadasining boks bo‘yicha musobaqalarida o‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Rio-de-Janeyroda Olimpiya o‘yinlari-2016 uchun medallar qanday tayyorlanadi - Sputnik O‘zbekiston
"Oltin vanna": Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari uchun medallar qanday tayyorlanadi (video)
Olimpiada turnir finalida Do‘smatov 24 yoshli kolumbiyalik Yurberyen Martinesga qarshi juda ringga chiqdi. Jang juda murakkab kechdi. Do‘smatov uchrashuvning birinchi soniyalaridanoq raqibiga hujum uyushtirib, ochko to‘play boshladi. Kolumbiyalik esa o‘zini mudofaa qilish bilan cheklandi, ammo yaxshigina kontrataka bilan javob berib bordi.

Birinchi raundda bokschimiz faolligi o‘z mahsulini berdi, ring kichik bo‘lsa-da, Do‘smatov ustunligida kechdi. Ikinchi raundda esa kolumbiyalik ochko olishga kirishdi va ringda zarbalar almashinuvi boshlandi, jangning ayrim daqiqalarida bokschining taktikasi raqibini "urib", "turtib-itarib tashlash" istagiga boy berar edi, deb aytish mumkin.

Ammo bu tarzda kechgan jangda ham o‘zbekistonlik bokschi o‘z ustunligini namoyish qildi: Do‘smatovning zarbalari aniq urildi.

Jangning uchinchi raundida Hasanboy kutilganidek kontr-hujumlarga o‘tdi. Birinchi ikki raunddagi faollik oqibatida yuzaga kelgan charchoq o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Kolumbiyalik bokschi g‘alaba uchun unga nokaut kerakligini yaxshi tushungan holda bor kuchi bilan o‘zbekistonlik bokschining mudofaasini "yorish"ga harakat qildi. Ammo eplay olmadi.

Hakamlar bir ovozdan Hasanboy Do‘smatovga g‘alaba berishdi. Yakuniy baho — 3:0 — 29:28, 30:27, 30:27.

Shu tariqa Do‘smatov Braziliya Olimpiya o‘yinlarida so‘nggi 16-yil ichida O‘zbekiston uchun birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Do‘stmatov o‘zi orzu qilgani kabi Muhammadqodir Abdullayevning natijasini takrorladi (Olimpiadalarda boks bo‘yicha birinchi va oxirgi oltin medalni o‘zbekistonlik sportchi 16-yil avval — Sidney Olimpiadasida olgandi).

O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatovning taqdirlash marosimini tomosha qiling.

Yangiliklar lentasi
0