Jamiyat

Kirish imtihonlari javobini CLICK orqali bilib olsa boʻladi

© Jeshu JohnIspolzovaniye mobilnыx prilojeniy v smartfone
Ispolzovaniye mobilnыx prilojeniy v smartfone - Sputnik Oʻzbekiston
Buyurtmalarni hozirdan qoldirsa boʻladi, DTM javoblarni eʼlon qilganidan keyin, barcha soʻrovnomalarga javoblar avtomatik tarzda yuboriladi.

TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. CLICK kompaniyasi Davlat Test markazi bilan birgalikda (dtm.uz), ushbu yilning birinchi avgustida boʻlib oʻtgan kirish imtihonlari javobini olish uchun, maxsus xizmat yoʻlga qoʻydi, deb xabar qilingan kompaniya sahifasida.

Buyurtmalarni hozirdan qoldirsa boʻladi. DTM javoblarni eʼlon qilingan vaqti — barcha soʻrovnomalarga javoblar yuboriladi.

Javoblarni *880# — USSD komandasi orqali, yoki Telegram maxsus dasturi orqali olsa boʻladi.

Xizmat narxi 1500 soʻmni tashkil qiladi. Bu bugungi davlat kursi boʻyicha 0.5 $ ni tashkil qiladi. Xizmat uchun toʻlov CLICK tizimiga ulangan bank kartasi hisob raqamidan olinadi.

“Imtihon javoblarini bilish uchun telefonda *880# komandasini terib, paydo boʻlgan boʻlimlar orasidan "DTM-2016" tanlash kerak, keyin esa tizim yoʻrigʻiga qarab harakat qilish kerak”, — deyilgan xabarda.  

Telegram mobil dasturi orqali natija olish uchun esa, DTM botlaridan birini (@DTMbot yoki @DTMrobot) kontaktlar roʻyxatiga kiritish, keyin esa unga “/start” komandasini xabar orqali yuborish kerak. Shundan keyin bot til va kerakli maʼlumotlarni tanlash imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala