Hodisalar

Moskva shiddatli yomgʻir natijasida suv ostida qoldi

© GU MCHS po Rostovskoy oblasti / Fotobankka oʻtishShiddatli yogʻingarchilik oqibati
Shiddatli yogʻingarchilik oqibati - Sputnik Oʻzbekiston
Moskvada 14 avgust kuni boshlangan yomgʻir deyarli bir sutka davomida tingani yoʻq. Buning natijasida yoʻllarda jiddiy muammolar paydo boʻlib, ayrim hududlar suv ostida qolmoqda.

TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. Kuchli yomgʻir tufayli Rossiya poytaxtidagi avtomobil yoʻllari suv ostida qoldi. Bugunga qadar 55 ta holat qayd etilgan, deb xabar qilgan "Mosoqova" davlat kompaniyasi matbuot-xizmati.

"Ertalab 8.00da suv bosganligi yuzasidan 55ta ariza kelib tushdi. Hozirgi vaqtga kelib, ularning aksariyati bartaraf etildi", — deyiladi xabar matnida.

"Mosoqova" xabariga koʻra, ayni damda poytaxtda suv toʻplanishi xavfi mavjud boʻlgan 228 ta manzilgoh aniqlangan, ayniqsa, jamoat transportlari harakatlanadigan yoʻllarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bundan tashqari, kuchli yogʻingarchilik tufayli yuzaga kelayotgan koʻngilsizliklar natijasida Moskva metropoliteni kuchaytirilgan tartibda ish olib borishi aytilmoqda.

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Fotobankka oʻtishMoskvada kuchli yogʻingarchilik roʻy berdi
Moskvada kuchli yogʻingarchilik roʻy berdi - Sputnik Oʻzbekiston
Moskvada kuchli yogʻingarchilik roʻy berdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala