Qoidabuzarlarni video asosida jarimaga tortish qonuniylashtiriladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSvetofon va kameralar
Svetofon va kameralar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunday usul bilan faqat temir yo‘lni belgilanmagan joyda kesib o‘tish, qizil chiroqqa o‘tib ketish va yana ayrim turdagi qoidabuzarliklar uchun jarima solinishi mumkin.

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Rossiya Ichki Ishlar vazirligi qonunga kiritayotgan yangi qo‘shimchalarga ko‘ra, qoidabuzarlarni fuqarolar smartfon yordamida suratga olgan videolavhalar asosida jazolash mumkin, deb yozadi RIA Novosti.

Nashr xabariga ko‘ra, Ma’muriy qoidabuzarliklar kodeksiga kiritilayotgan o‘zgarishlarda “Ma’muriy qoidabuzarliklarni suratga oluvchi maxsus dastur” tushunchasi kiritilmoqda.

Rabota inspektora GIBDD - Sputnik O‘zbekiston
DANX xodimlariga qo‘l radari ishlatish ta’qiqlandi

Gap smartfonlar uchun ishlab chiqilgan maxsus dastur haqida ketmoqda. Ushbu dastur ayni damda Aloqa vazirligi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tgan barcha fuqarolar dasturni smartfonlariga yuklab olishlari mumkin. Dastur orqali suratga olingan video aniq joy koordinatalari va aniq vaqtni qayd qilish imkonini beradi. Foydalanuvchi suratga olingan videoni o‘zgartira olmaydi.

Qoidabuzarlik suratga olingan video keyinchalik DANXga yuborilishi mumkin. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, inspektor avtomobil egasiga jarima solishi mumkin. Bunday usul bilan faqat temir yo‘lni belgilanmagan joyda kesib o‘tish, qizil chiroqqa o‘tib ketish va yana ayrim turdagi qoidabuzarliklar uchun jarima solinishi mumkin. 

Video kuzatuv kamerasi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yaqinda Yo‘l harakati holatlarini foto va video qayd qilish tizimi ishga tushadi

Nashrda yozilishiga ko‘ra, hozir ham fuqarolar suratga olgan video asosida qoidabuzarlar jarimaga tortilishi mumkin. Fuqarolar videotasvirni ariza bilan birga DAN xizmatiga yuborishlari  mumkin, lekin qoidabuzarni jazolash uchun to‘liq taftish o‘tkazilishi kerak. Taftish-tergov o‘tkazish ishlari esa ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladi. 

Ushbu yangiliklarni ayrim mutaxassislar qo‘llab-quvvatlamayaptilar. Moskva Avtomobilchilarni huquqiy himoya qilish kolllegiyasi prezidenti Viktor Travinning fikriga ko‘ra, smartfon yordamida suratga olingan videolar yordamida faqat avtoulov egasini javobgarlikka tortish mumkin, qoidabuzarlik esa — boshqa kishi tomonidan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Travinning fikriga ko‘ra, qoidabuzarlar videolavhani suratga olgan kishini topib unga jazo berishga urinishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida “mushtlashish va boshqa ijtimoiy mojarolar kelib chiqarishi mumkin”.

YH qoidabuzarliklarini qayd qilish markazi - Sputnik O‘zbekiston
YHQ buzish videoqayd qilinganda o‘zgacha tartibda ko‘rib chiqiladi

Davlat Dumasi raisi o‘rinbosari Vacheslav Lisakovning fikriga ko‘ra, hamma joyda “videoga tushib qolish xavfi” paydo bo‘lishi haydovchilarni tartibga solishi mumkin va “jazo – muqarrar” tamoyilini tadbiq qilishga hissa qo‘shishi mumkin.

IIV tomonidan ishlab chiqilayotgan qo‘shimchalarda yana bir yangilik bor. Ular qabul qilingan taqdirda, ayrim qoidabuzarliklar uchun haydovchilik guvohnomasida mahrum bo‘lish mumkin. Bugungi kunda bunday qoidabuzarlik uchun eng katta jazo 5000 rubl jarima.

Yangiliklar lentasi
0