Siyosat

Oʻzbekiston TIVda Qirgʻizistonning yangi tayinlangan elchisi qabul qilindi

© Press-slujba MID UzbekistanaQirgʻiziston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Daniyar Sidiqov
Qirgʻiziston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Daniyar Sidiqov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamolov Qirgʻiziston elchisidan ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi va unga oʻz masʼuliyatli faoliyatini bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi.

TOSHKENT, 15 agv — Sputnik. Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 15 avgust kuni Qirgʻizistonning yangi tayinlangan elchisi Daniyar Sidiqov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

"Vazir elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi va unga oʻz masʼuliyatli faoliyatini bajarishda muvaffaqiyatlar tiladi", — deyilgan xabar matnida.

Xabarda aytilishicha, suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari boʻyicha fikr almashilgan.

Eslatib oʻtamiz, Daniyar Sidiqov 22 iyun kuni Qirgʻizistonning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlangan edi. U mazkur lavozimda Emilbek Uzakbayev oʻrnini egalladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala