Hodisalar

Toshkentda yoʻl xizmati xodimlari aybi bilan jiddiy YTH sodir boʻldi

© Facebook / Voditeli TashkentaAvtomobil YXT xodimlari aybi bilan avariya sodir boʻldi
Avtomobil YXT xodimlari aybi bilan avariya sodir boʻldi - Sputnik Oʻzbekiston
14 avgust, yakshanba kuni kechqurun Toshkent shahri Muqimiy va Bunyodkor koʻchalari chorrahasida Spark rusumidagi avtomobil ulkan chuqurlikka tushib ketgan. Yoʻlda taʼmirlash ishlari olib borilayotganini anglatuvchi belgilar mavjud boʻlmagan.

TOSHKENT, 15 avg — Sputnik. "Spark" rusumidagi avtomobil tramvay relslarini demontaj qilish ishlaridan keyin hosil boʻlgan chuqur oʻraga uchib kirgan, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistana" nashri.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, yoʻlda taʼmirlash ishlari olib borilayotganini anglatuvchi belgilar mavjud boʻlmagan.

Xabarda aytilishicha, "Spark" haydovchisi soatiga taxminan 70 km tezlikda kelayotgan boʻlgan. Ammo avariya sodir boʻlgan joy qorongʻu boʻlgani bois, haydovchi chuqurlikni vaqtida koʻrishga va tormozni bosishga ulgurmagan.

Avtohalokat guvohlarining soʻzlariga koʻra, "Spark" haydovchisini chuqurlikdan olib chiqishga yarim soatlarcha harakat qilishgan. Oqibatda turli darajadagi tan jarohatlarini olgan haydovchi poytaxtdagi shifoxonalardan biriga joylashtirilgan. Xabarda maʼlum qilinishicha, avtomobilni tiklash iloji yoʻq.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala