Lavrov: hech kim Ukraina bilan aloqalarni uzish tarafdori emas

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishLavrova va Shtaynmayer uchrashuvi
Lavrova va Shtaynmayer uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Ukraina bilan diplomatik aloqalarni uzishni eng oxirgi chora deb atadi.

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Rossiya va Ukraina diplomatik munosobatlarining uzilishi hech kimga kerak emas, dedi TIV rahbari Sergey Lavrov,  Germaniyalik hamkasabasi Frank-Valter Shtaynmayer bilan bo‘lib o‘tgan suhbatdan keyin.

“Hozirgi vaziyatda, hech qaysi tomon diplomatik munosobatlar uzilishi tarafdori emas, deb o‘ylayman. Bu eng oxirgi choralar”, — dedi Lavrov.

 

“Menimcha, hozir asosiysi, turli hissiyotlarga berilib, ekstremal harakatlar qilmasdan, diqqat va vazminlik bilan vaziyatni tinchlantirish”, — deb qo‘shimcha qildi vazir.

Tashqi ishlar vaziri Rossiyada Ukraina tomonidan tayorlangan diversiya haqida inkor qilib bo‘lmaydigan dalillar borligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga qaraganda, Moskva g‘arbdagi hamkorlarga,  ular bunday holatlar qaytarilmasligini, jiddiy xoxlagan taqdirda, qo‘shimcha faktlar taqdim qilishga tayor ekanligini aytib o‘tdi.    

Rossiya va Ukraina munosobatlaridagi tanglik, o‘tgan haftada FSB tomonida Qrim hududida Ukraina Mudofaa vazirligining Razvedka bosh boshqarmasi tomonidan tayorlangan teraktlar oldi olinganidan keyin boshlandi. Juma kuni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ushbu voqealar tufayli Rossiya prezidenti Ukraina bilan diplomatik munosobatlarni uzishi mumkinligini xabar qilgan edi.

Bir necha kun oldin Rossiya Ukrainadan yangi elchi tayinlash haqida agreman so‘ragan edi. Bunga javoban Kiyev vaqtincha ishonchili vakil bo‘lgani tufayli, yangi elchi tayinlash masalasi ko‘rilmaydi, — deb javob qaytardi. Kreml bunga javoban, biz yangi elchi tayinlashga tayor, lekin Kiyev diplomatik munosobatlar darajasini tushirmoqchi bo‘lsa – marhamat, bu ularning ixtiyori, degan edi.  

 

Yangiliklar lentasi
0