Rioda O‘zbek bokschilarining zafarli yurishi davom etmoqda

© NOK UzbekistanaO‘zbekistonlik Shaxram Giyosov Rioda OO‘
O‘zbekistonlik Shaxram Giyosov Rioda OO‘ - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda uch o‘zbek bokschisi Rioda musobaqalarni davom ettirmoqda. 69 kg vazn Toifasida Shahram G‘iyosov finalda. 52 kg vaznda Shaxobiddin Zoirov chorak finalda va 75 kg vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyev yarim finalda.

TOShKENT, 16 avg – Sputnik. Rio-de-Janeyroda davom etayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining o‘ninchi kunida bir yo‘la uch nafar o‘zbek bokschilari ringga ko‘tarilishdi va ularning barchasi g‘alaba qozonib medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘lishdi, deb yozadi O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

52 kg vazn toifasida Shaxobiddin Zoirov AQShlik Antonio Vargasni 3:0 hisobda yengib chorakfinalga yo‘llanma oldi. Shaxobiddinning navbatdagi raqibi Ozarbayjonlik Elvin Mamishzoda bo‘ladi. Ushbu jang 17-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi.

© olympic.uzUzbekskiy bokser Shaxobiddin Zoirov
Uzbekskiy bokser Shaxobiddin Zoirov - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekskiy bokser Shaxobiddin Zoirov

69 kg vazn toifasida Shaxram Giyasov esa final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi va kamida kumush medalni naqd qilib qo‘ydi. Chorakfinalda Shaxram jahon chempioni Marokashlik Rabin Muxammad ustidan 3:0 hisobida g‘alabaga qozondi. Finalda Shaxram Qozog‘istonlik tajribali bokschi Doniyor Yeleussenov bo‘ladi. Ushbu jang ertaga, 17-avgust kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:30da boshlanadi.

© olympic.uzUzbekskiy bokser Shaxram Giyasov
Uzbekskiy bokser Shaxram Giyasov - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekskiy bokser Shaxram Giyasov
75 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev chorakfinal jangini hindistonlik Vikas Krishnanga qarshi o‘tkazib, uni  3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu degani Bektemir allaqachon bronza medal sohibi bo‘ldi degani. Yarim final kurashda Meliqo‘ziyevning raqibi Meksikalik Mishel Rodriges bo‘ladi. Bellashuv 18-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:15da boshlanadi.

© Yuri CORTEZ / AFPUzbekskiy bokser Bektemir Melikuziyev
Uzbekskiy bokser Bektemir Melikuziyev  - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekskiy bokser Bektemir Melikuziyev
Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev 2014-yil Nankinda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, 2015-yil jahon chempionati sovrindori, Osiyoning eng yaxshi bokschichi unvoniga sazobor bo‘lgan Bektemir Meliqo‘ziyev oltin medalga asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.

Yangiliklar lentasi
0