Dunyoda

"Toʻsiq" operatsiyasi: Moskvada politsiyachilarning 10 kunlik reydi boshlandi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishMoskva politsiyachilari xizmat davomida
Moskva politsiyachilari xizmat davomida - Sputnik Oʻzbekiston
Operatsiya oʻtkaziladigan vaqt mobaynida Moskva politsiya garnizoni shaxsiy tarkibi 12 soatlik ish tartibiga oʻtkaziladi, patrul marshrutlari soni koʻpaytiriladi. Operatsiya 16 avgustdan 26 agustga qadar davom etadi.

TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. "Toʻsiq" operatsiyasi oʻtkazilishi munosabati bilan Moskva politsiyachilari ish tartibi 12 soatgacha uzaytirildi. Poytaxt kuch ishlatish organi xodimlari koʻchalar, bozorlar, temir yoʻl stantsiyalari va ijara xonadonlarida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan maxsus tadbirlarni oʻtkazadilar, deb xabar qilgan seshanba kuni Moskva IIV Bosh qoʻmitasi.

"Poytaxt politsiyachilari asosiy eʼtiborni… noqonuniy migratsiya holatlarini aniqlash; giyohvand moddalar oldi-sotdisi, noqonuniy qurol savdosi bilan bogʻliq jinoyatchilikni aniqlash va uning oldini olishga qaratadilar. Politsiyachilar profilaktik ishlarni asosan bozorlar, vokzallar, savdo majmualari, obshejitiyalar, ishlab-chiqarish korxonalari, avtovokzallar, mehmonxonalar hamda ijaraga beriladigan xonadonlarda oʻtkazadilar", — deyiladi xabar matnida.

Operatsiya oʻtkaziladigan vaqt mobaynida Moskva politsiya garnizoni shaxsiy tarkibi 12 soatlik ish tartibiga oʻtkaziladi, patrul marshrutlari soni koʻpaytiriladi. Operatsiya 16 avgustdan 26 agustga qadar davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala