Nexia R3 sedan avtomobillari birinchi partiyasi Rossiyaga eksport qilindi

© nexia-ravon.ruRavon Nexia R3 avtomobili
Ravon Nexia R3 avtomobili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sentabr va oktabr oylarida brend taqdimoti Ozarbayjon, Belarus va Turkmanistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Birinchi Nexia R3 sedan partiyasi O‘zbekistondan Rossiyaga o‘tgan hafta oxirida yuborildi, deb xabar qilmoqda Uz24.

RAVON avtomobillari - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan Ravon R2 avtomobillarini Qozog‘istonda sotadi
Yangi modeldagi avtomobillar savdoda qachon paydo bo‘lishi hozircha xabar qilinmayapti. Nexia premyerasi taqdimoti "Moskva xalqaro avtomobillar saloni — 2016" marosimida bo‘lib o‘tishi ma’lum.

T250 platformasi bazasida ishlab chiqarilgan V sinfdagi sedan eski modeldagi "Nexia"ni almashtirgan edi. Rossiya avtomobil bozorida uning narxi 419-569 ming rublgacha.

Eslatib o‘tamiz, Ravon brendi taqdimoti 11-avgust kuni Ukrainada o‘tkazilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0