Migratsiya

Patent uchun toʻlov kamaytirilishi shart - migrant ishchilar kasaba uyushmasi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishToshkent-Moskva poyezdida kelgan yoʻlovchilar
Toshkent-Moskva poyezdida kelgan yoʻlovchilar - Sputnik Oʻzbekiston
Bugungi kunda Rossiyada patent asosida mehnat qilayotgan migrantlar har oyda 4200 rubl (taxminan 400 000 soʻm) bahridan oʻtmoqdalar. Shu bois, Migrant ishchilar kasaba uyushmasi patent uchun oylik toʻlov kamaytirilishi talabi bilan chiqishga qaror qildi. Moskva maʼmuriyati migrantlarga yon bosishga qanchalik tayyor?

TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. Migrant ishchilar kasaba uyushmasi patent uchun oylik toʻlovni kamaytirish iltimosi bilan Moskva meri Sergey Sobyaninga murojaatnoma yoʻllamoqda. Ayni vaqtda maktub ostida xorijiy ishchilardan imzo yigʻish boshlangan.

Moskva politsiyachilari xizmat davomida - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Toʻsiq" operatsiyasi: Moskvada politsiyachilarning 10 kunlik reydi boshlandi
Shu kechayu-kunduzda patent uchun oylik toʻlov — (Moskva shahri va Moskva viloyatida) 4200 rublni tashkil qiladi. Oʻrtacha hisobda 30 000 rubl maosh olayotgan muhojirlarning hammasi ham har oy bu toʻlovni amalga oshirish qurbiga ega emas. Shu bois ham keyingi vaqtlarda Rossiyada "nolegal migratsiya" degan tushuncha tez-tez tilga olinadigan boʻlib qoldi.

Rossiya poytaxti maʼmuriyati mehnat migrantlariga qay darajada yon bosishlari ehtimoli haqida ekspertlar Sputnik nashriga oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

"Tojikistonlik mehnat migrantlari" Umumrossiya jamoatchilik harakati sobiq rahbari Karomat Sharipovning soʻzlariga koʻra, patent uchun avans toʻlov miqdorining kamaytirilishi, muhojirlik haq-huquqlari poymol etilishi bilan bogʻliq muammolarni hal etmaydi.

"Kasaba uyushmasi tomonidan amalga oshirilayotgan tashabbus tahsinga loyiq. Balki ularning qoʻlidan bu ish kelar. Biz ham bunga qarshi kurashishga urinib koʻrgan edik, natijada oʻtgan oy Rossiya Oliy sudi bizning tashkilotimizni bartaraf qilish haqida buyruq chiqardi. Biz Yevropa sudiga appelyatsiyaga bermoqchimiz. Tojikistonning aksariyat  fuqarolari Rossiyada huquqiy himoyasiz qolgan, ularning manfaatlarini himoya qiladigan tashkilot endi yoʻq.

Moskva soʻnggi yil ichida Tojikiston fuqarolariga milliard rubldan koʻp mablagʻ qarz boʻlib qoldi. Ish beruvchilar maoshni oʻz vaqtida bermayaptilar, ular migrantga nisbatan qoʻpol muomalada boʻlmoqda, migrantlarning murojaatlari aksariyat hollarda javobsiz qolyapti va ularga "norozilik bildirishga haqlaring yoʻq" deyishgani-deyishgan. Mashhur Bolalar dunyosi tojiklar tufayli qayta qurilgan, ammo hanuzgacha bu millat vakillari 2014-2015 yillar uchun maoshlarini ololgani yoʻq.

Pullar qayoqqa ketdi? Nega Tojikiston prezidenti oʻz xalqi manfaatlarini himoya qilmaydi?", — dedi kuyunchaklik bilan intervyu davomida Karomat Sharipov.

Suhbatdoshning soʻzlariga koʻra, patent uchun toʻlanadigan oylik toʻlov miqdori 1000 rublni tashkil qilsagina, bu normal hisoblanadi.

"Ammo, Rossiyada yashash uchun barcha zarur hujjatlarga ega boʻla turib, sud qarorisiz mamlakatdan deport qilinayotgan odamlar bor ekan, bu toʻlov miqdori 4200 rubl boʻladimi yoki 1000 rubl — ahamiyatsiz. Migratsiya siyosatiga doir yangi kontseptsiya qabul qilinishi lozim. Rossiyadan migrantlarning hammasi chiqib ketadigan boʻlsa, bu Kreml uchun jiddiy muammo keltirib chiqarishi mumkin, ammo Moskva maʼmuriyati hozircha buni anglagani yoʻq. Ular Kasaba uyushmasi daʼvatini eshitib, uni eʼtiborga olishlariga koʻzim yetmaydi", — deya oʻz mulohazalariga nuqta qoʻyadi ekspert.

Oʻzbeklar va oʻzbekistonliklar Umumrossiya kongressi markaziy yigʻini raisi oʻrinbosari Tojiddin Nurmatovning soʻzlariga koʻra, Moskva meriga murojaat yoʻllash — notoʻgʻri gʻoya.

"Shahar boshligʻining bunga nima aloqasi bor? Bu muammoni hal etishga vakolati bor, bu kabi masalalarni haqiqatan  yecha oladigan odamlarga murojaat qilmoq lozim. Patentlar masalasi bilan kimga qancha ish kuchi kerakligidan xabarsiz Federal Migratsiya xizmati emas, Mehnat vazirligi shugʻullanishi kerak, nazarimda. Bundan tashqari, tashkilotlarga chet elliklarning oʻzlari emas, balki Rossiyada faoliyat yuritayotgan xorij mamlakatlari muxtor vakillari murojaat etishlari darkor.

Virtual nikoh. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada migrantlar bilan soxta nikohdan oʻtish holati avj olmoqda
Faqat ulargina bu masalani koʻtarib, deputatlargacha yetib bora oladi. Imzolarni toʻplashga migrantlarni jalb qilish — oxirgi chora. Toʻgʻri, migrantlarni himoya qilish kerak — faqat qonuniy yoʻl bilan. Buning uchun turli jamoatchilik tashkilotlari mavjud. Migrantlar oʻzga yurtda yashab turibdilar, demak ular oʻzlarini qiynayotgan muammolar haqida faqat vositachilar orqali maʼlum qilishlari mumkin.

Mer nomiga petitsiya yozish befoyda. Bu masala mamlakat qonunchiligi darajasida hal etilmogʻi lozim va biz muammoga qonuniy yechim topish tarafdorimiz", — deya oʻz fikriga yakun yasadi Tojiddin Nurmatov.

"Rossiyadagi Mehnat migrantlari kasaba uyushmasi murojaatnomasida patentni rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirish va har oyda toʻlanadigan toʻlov miqdorini kamaytirishni iltimos qilganmiz", — deya izoh beradi vaziyatga tashkilot raisi Renat Karimov.

Suhbatdoshning fikriga koʻra, patentni rasmiylashtirgan migrantlarning aksariyati ish beruvchilar bilan shartnoma asosida ishlaydilar. Ishchi uchun soliq toʻlashni istamaydigan ish beruvchilar esa migrantlarni rasman rasmiylashtirishdan aksariyat hollarda bosh tortadilar. (Ikki oy ichida migrant FMXga ish beruvchi bilan tuzgan shartnomasini olib bormasa, uning patenti "kuygan" hisoblanadi, tahr.).

Xullas, Kasaba uyushmasi rahbari patent uchun oylik toʻlov Moskvada ishlayotgan muhojirlar oʻrtacha oylik ish haqiga mutanosib boʻlishi kerak, deb hisoblaydi. Karimovning soʻzlariga koʻra, petitsiyaga yuzdan ziyod odamlar imzo chekkan. Avgust oyi oxiriga koʻra, kasaba uyushmasi bir necha ming imzo toʻplashni rejalashtirmoqda. Soʻngra murojaatnoma poytaxt meri Sobyaninga yuboriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala