Jamiyat

Mirobod tumani hokimi akademik Pugachenkova oilasiga shaxsan yordam berishni vaʼda qildi

© Novosti UzbekistanaG.A. Pugachenkovoy uyiga tirkab qurilayotgan inshoot
G.A. Pugachenkovoy uyiga tirkab qurilayotgan inshoot - Sputnik Oʻzbekiston
Hindiston fuqarosi Singx akademik G.A. Pugachenkova qarindoshlari yashayotgan uyi yonida ulkan bino qurib, qoʻshnilarga xavf solmoqda. Bundan oldin turli muassasalarga qilngan murojaatlar foyda bermagan.

TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. Poytaxtning Mirobod  tumani hokimi Sharofiddin Qodirov matbuot anjumanida huquqlari buzilayotgan akademik Galina Pugachenkovaning qarindoshlariga shaxsan eʼtibor va yordam berishga vaʼda berdi, deb yozadi "Novosti Uzbekistana" nashri.

Eslatib oʻtamiz, poytaxtning Mirobod tumanida akadeimk Pugachenkovaning uyiga tirkalib bir necha qavatli uy qurilmoqda. Aslida, yangi uy eski uyning bir qismi boʻlib, qoʻshniliarning roziligisiz uning ikkinchi qismini oʻzgartirish qonun tomonidan taʼqiqlangan.

Arxeolog-olimning oʻgʻli Rostislav Sosnovskiy va uning turmush oʻrtogʻi Yelena Kultiasova yangi uy qurilishiga hech qanday ruxsatnoma bermagan. Undan tashqari, ularning bir qavatli uyi,  uning yonida qurilayotgan bir necha qavatli uy ogʻirligidan zarar koʻrmoqda. Uyda yashaydiganlar turli muaassasalarga murojaat qilishganiga qaramasdan, natija boʻlmagan.

Yangi uy egasi, Hindiston fuqarosi janob Singx  uchun hech qanday ruxsatnoma kerak emasga oʻxshaydi, deb yozadi nashr. U hech nimani pisand qilmasdan oʻz maqsadga harakat qilmoqda. Allaqanday yoʻllar birlan qurishga ruxsatnoma olishga ham muvaffaq boʻlgan, deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, ushbu kichik uyda arxeolog olim G.A. Pugachenkovaning Oʻzbekiston tarixiga bagʻishlangan 300 tomlik asarlar arxivi saqlanmoqda.

Arxeolog-olim qarindoshlari, ushbu mojaroga tuman hokimi, vanihoyat, nuqta qoʻyishidan katta umid qilishmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala