Jamiyat

Qirgʻiziston spetsnazi Oʻzbekiston chegarasida navbatdagi provokatsiya uyushtirdi

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Fotobankka oʻtishQirgʻiziston maxsus kuchlari
Qirgʻiziston maxsus kuchlari - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston harbiylari oʻzbek militsionerlari oyogʻi ostiga oʻq otib, ular qoʻriqlayotgan suv omboriga kirishga urindi.

TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. Ushbu yilning 13 avgust kuni ertalab toʻrt nafar Qirgʻizistonning “Chayon” maxsus guruhi(spetsnaz) askarlari oʻzbek-qirgʻiz chegarasida joylashgan suv omborining “Damba-5” postiga kelib, u yerni qoʻriqlayotgan Namangan viloyati  Kosonsoy tumani IIB xodimlariga poʻpisa qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri, Namangan viloyati IIB vakili xabariga asosan.  

Qirgʻiziston harbiylari suv ombori Qirgʻizistonga tegishli  deb, uning hududiga oʻtishga urinishgan. Militsiya xodimlaridan rad javobi olgach, militsionrelar qoʻrqitish maqsadida “Chayon”chilar  avtomatdan yerga oʻq uzgan.

“Lekin oʻzbek militsionerlari qoʻrmagan. Qirgʻiziston tomonidan ushbu provokatsiya kutilgan hol edi. Ushbu “tadbir” maxsus qoʻriqlanadigan obʼyektga qurolli hujum qilinganda,  Kosonsoy  militsiya xodimlari qanday hatti-harakat qilishini oʻrganish uchun qilingan”, — deydi manbaa.

Uning soʻzlariga qaraganda qirgʻiz spetsnazchilari bir oʻzbek militsiya xodimini oʻz hududiga olib ketishga muvaffaq boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻiziston Mudofaa vazirligining “Chayon” maxsus otryadi (spetsnaz) ushbu yilning mart oyidan boshlab Qirgʻiziston ichkarisida joylashgan, Oʻzbekiston anklavi – Oʻrta-Toʻqay qishlogʻi aholisini majburiy ushlab turibdi. U yerda Oʻzbekiston fuqarolari yashaydi.    

Ushbu vaziyat tufayli qishloq aholisi besh oydan beri Oʻzbekistonning asosiy hududiga kela olmaydi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda tibbiy yordamga muhtoj. Qirgʻiziston tomoni qishloq aholisi uchun hatto gumanitar koridor tashkil qilishdan ham voz kechmoqda.

Baʼzi-baʼzida qishloqqa fuqaro kiyimida odamlar kelib Oʻzbekiston fuqarolariga Qirgʻiziston fuqaroligini qabul qilishni va bu jarayonni tez va ortiqcha rasmiyatchiliksiz amalga oshirishni vaʼda bermoqdalar. Ushbu hatti-harakatlar qishloq va unga qarashli boʻlgan suv ombori ustidan keyinchalik Qirgʻiziston hokimiyatini oʻrnatish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Ayni damda ushbu voqeaga Qirgʻiziston tomonidan sharh berilmadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala