Hodisalar

Ukrainalik diplomat: Oʻzbekiston fuqarosining qoʻlga olingani siyosatga taʼsir etmaydi

© Sputnik / Grigoriy Vasilenko / Fotobankka oʻtishKiyevdagi Tashqi ishlar vazirligi binosi
Kiyevdagi Tashqi ishlar vazirligi binosi - Sputnik Oʻzbekiston
Hibsga olingan oʻzbekistonlik ustidan shu kunlarda Ukraina qonunchiligi doirasida jinoiy ish qoʻzgʻatilishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 18 avg — Sputnik. "Donbassdagi janglarda ishtirok etgan oʻzbekistonlikning hibsga olinishi ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarga taʼsir etmaydi", deya taʼkidladi Toshkentda boʻlib oʻtgan matbuot-anjumanda Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchisi Yuriy Savchenko.

DXR harbiy qoʻshnlari - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Ukraina Oʻzbekistonlik yollanma jangchini hibsga olganini xabar qildi
Elchining soʻzlariga koʻra, oʻzbekistonlikning harbiy janglarda ishtirok etgani hozirda unchalik ahamiyatli emas, sababi, bundan hech kim siyosiy xulosalar chiqarishni rejalashtirmagan.

"Oʻsha internetning oʻzida Ukraina qurolli kuchlarida, koʻngilli batalonlari safida oʻzbekistonliklar ham borligi koʻrsatilgan misollar bor. Ular Ukraina fuqaroligini qabul qilgan. Raqamlarga keladigan boʻlsak, ochigʻi, anigʻini aytolmayman, chunki kim, qayerdaligini kuzatish oson ish emas. Ikki davlat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar davom etishiga umid qilamiz", — deya taʼkidladi elchi.

Elchi oʻzbekistonlikning keyingi taqdiri qanday kechishi haqida ham toʻxtalib oʻtdi. Diplomatning soʻzlariga koʻra, endilikda Oʻzbekiston fuqarosi ustidan Ukraina qonunchiligi doirasida jinoiy ish qoʻzgʻatiladi.

"Hamma narsa uning qanday jinoyat va qoidabuzarliklarni sodir etganligi isbotlanishiga bogʻliq. Mening fikrimcha, sud boʻladi, hozirda esa qonunchilikka asosan uni ikki oyga hibsga olishadi, bu vaqt oraligʻida unga ayblovlar qoʻyiladi va soʻngra sud jarayoni boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston fuqarosining oʻz yurtiga qaytarilish-qaytarilmasligi mening oʻzimga ham qiziq, ammo bu juda murakkab masala. Hozirda noaniq narsalar koʻpligi uchun bu borada biror narsa deyish qiyin", — deya taʼkidlagan ukrainalik diplomat.

Eslatib oʻtamiz, 16 avgust kuni Donbassdagi janglarda Donetsk respublikasi tomonida qatnashgan Oʻzbekiston fuqarosini qoʻlga olinganligi haqida xabar tarqalgan edi. Ukraina prezidenti rasmiy vakili bayonotiga koʻra, hibsga olingan oʻzbekistonlik 2014 yilning dekabridan boshlab janglarda ishtirok etishni boshlagan va Gorlovka, Shirokino hududlarida bir necha bor Ukraina qoʻshinlariga qarshi janglarda qatnashgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala