Siyosat

Islom Karimov Oqsaroyda Koreya IIV rahbarini qabul qildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Prezidenti ushbu tashrif oʻzaro manfaatli hamkorlikni, ayniqsa, davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish va "Elektron hukumat"ni joriy etish sohasidagi aloqalarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirdi.

TOSHKENT, 18 avg — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 17-avgust kuni Oqsaroyda Koreya Respublikasi davlat boshqaruvi va ichki ishlar vaziri Xon Yun Sukni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

"Davlatimiz rahbari mehmonni mamlakatimizga tashrifi bilan qutlab, Oʻzbekiston Koreya Respublikasi bilan strategik sheriklik munosabatlarini yuksak qadrlashini va bu munosabatlarni yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratishini taʼkidladi. Islom Karimov ushbu tashrif oʻzaro manfaatli hamkorlikni, ayniqsa, davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish va "Elektron hukumat"ni joriy etish sohasidagi aloqalarni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonch bildirdi", — deyiladi xabar matnida.

Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening 2014-yil iyun oyida Toshkentga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015-yil may oyida Seulga davlat tashriflari ikki davlat oʻrtasidagi keng koʻlamli hamkorlikning har tomonlama, avvalo, iqtisodiy sohada izchil rivojlanishiga yangi surʼat bagʻishladi. Ushbu tashriflar yakuniga koʻra yuzdan ortiq hujjat, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy sohalarda hamkorlikka oid umumiy qiymati 9,5 milliard AQSH dollaridan ziyod boʻlgan bitimlar imzolangan.

Oʻzbekiston va Koreya erkin va ochiq dasturiy taʼminotni rivojlantirish boʻyicha memorandum imzoladi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston va Koreya ochiq dasturiy taʼminotni rivojlantirish boʻyicha memorandum imzoladi
Janubiy Koreya Oʻzbekistonning asosiy investitsiyaviy va texnologik hamkorlaridan. Oʻzbekistonning koʻp yillik ishonchli sheriklari – Janubiy Koreyaning "JiEm-Koreya", "Korean Eyr", "KOGAZ", "Lotte", "JiEs", "Posko-Deu", "Samsung", "Shingdong", "Kolon" kabi yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda neft-gaz, elektrotexnika, toʻqimachilik sohalari, qurilish materiallari va farmatsevtika preparatlari ishlab chiqarish borasida yirik investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilgan va bu hamkorlik izchil davom etmoqda.

Koreya Respublikasining Oʻzbekiston iqtisodiyotiga yoʻnaltirgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari hajmi 7 milliard dollardan oshdi. Oʻzbekistonda Janubiy Koreya investitsiyasi ishtirokida tashkil qilingan 440 korxona faoliyat yuritmoqda, 77 kompaniyasi vakolatxonalari ochilgan.

Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xvan Gyo Anning joriy yil may oyida Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida Surgʻil koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ochilgani va bu zavod mamlakatlarimiz oʻrtasidagi investitsiyaviy hamkorlikning amaldagi ifodasi boʻlganini alohida taʼkidlash darkor.

Siyosat
Janubiy Koreya Toshkent xalqaro aeroportida yangi terminal quradi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik doirasida Janubiy Koreyaning texnik koʻmagida Oʻzbekiston Respublikasida “Elektron hukumat” tizimini joriy etish, ushbu soha mutaxassislarini oʻqitish va malakasini oshirish boʻyicha loyiha hayotga tatbiq etildi. "LG CNS" kompaniyasi bilan 2014-yil iyun oyida imzolangan hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumga muvofiq tashkil etilgan "LG CNS O‘zbekiston" qoʻshma korxonasi "Elektron hukumat" tizimi hamda mamlakatimiz iqtisodiyotining real sektori uchun axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish borasida faoliyat yuritmoqda.

Xon Yun Suk samimiy qabul uchun Oʻzbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirib, Koreya Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi bilan keng koʻlamli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirishga tayyor ekanini taʼkidladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala