Hodisalar

Turkiyada terakt yuz berdi: uch kishi halok boʻlgan, 70 nafardan ziyodi jarohatlangan

© REUTERS/Umit BektasTurkiyada terakt sodir etildi
Turkiyada terakt sodir etildi - Sputnik Oʻzbekiston
Turkiyaning Eron bilan chegaradosh hududida joylashgan politsiya boʻlinmasi yaqinida portlovchi moddalarga toʻla avtomobil portlatildi. Turkiya rasmiylari fikriga koʻra, terakt Qurdiston Ishchi partiyasi aʼzolari tomonidan amalga oshirilgan.

TOSHKENT, 18 avg — Sputnik. Turkiya sharqiy qismida joylashgan Van viloyatida roʻy bergan kuchli portlash oqibatida uch kishi halok boʻldi, 70 nafardan ziyodi jarohaitlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Kuni Turkiyaning Eron bilan chegaradosh qismida kecha portlovchi moddalarga toʻldirilgan avtomobil portlatilgan.

Hujum obʼyekti sifatida politsiya boʻlinmasi olinganligi aytilmoqda.

"71 nafar jarohatlanganlar orasida uch kishining ahvoli juda ogʻir, yaralanganlarning 17 nafari politsiya xodimlaridir", — deb xabar qilgan Van viloyati "Adolat va taraqqiyot partiyasi" rahbari Zohir Soʻgʻond. Uning soʻzlaridan Anadolu agentligi iqtibos keltirgan. Mansabdorning soʻzlariga koʻra, portlash oqibatida bir bolakay halok boʻlgan.

Turkiya rasmiylari fikriga koʻra, terakt Qurdiston Ishchi partiyasi aʼzolari tomonidan amalga oshirilgan.

Qurdiston Ishchilar Partiyasi(QIP) — asosiy maqsadi qurdlar huquqlarini himoya qilish va Turkiyada qurd avtonomiyasini tashkil qilish daʼvosi bilan chiqayotgan partiyadir. Anqara va Vashington partiyani terrorchi tashkilot deb biladi. Partiya rahbari Abdulloh Oʻjalan 1999 yildan buyon umrbod qamoq jazosini oʻtamoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala