Hodisalar

OAV: AQSH Islandiyada maxfiy tarzda yadro qurolini joylashtirmoqchi boʻlgan

© Sputnik / Oksana Djadan / Fotobankka oʻtishAmerika bronetexnikasi
Amerika bronetexnikasi - Sputnik Oʻzbekiston
"Xavfsizlik xizmati milliy arxivi" loyihasi doirasida maxfiylik darajasidan chiqarilgan hujjatlarda qayd etilishiga koʻra, AQSH Islandiya hukumatiga bildirmagan holda mamlakat hududida yadro boyegolovkalarini joylashtirmoqchi boʻlgan.

TOSHKENT, 18 avg — Sputnik. AQSH mamlakatga oʻz qurolini olib kirayotgani haqida Islandiya rasmiylarini ogohlantirishni rejalashtirmagan, deb yozadi RIA Novosti Popular Science nashriga tayangan holda.

Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin: AQSH plutoniyni yoʻq qilish boʻyicha majburiyatlarni bajarmayapti
"Xavfsizlik xizmati milliy arxivi" loyihasi doirasida maxfiylik darajasidan chiqarilgan hujjatlarda qayd etilishiga koʻra, 1950 yillarda AQSH Islandiya hukumatiga bildirmagan holda mamlakat hududida yadro boyegolovkalarini joylashtirmoqchi boʻlgan.

Hujjatlarga koʻra, Islandiya doimiy tarzda Amerika Qoʻshma Shtatlaridan mamlakat hududida yadro quroli boʻlmasligiga kafotlat berishni talab qilgan. AQSH davlat Departamenti Islandiyaga javoban bu faqat Sovet Ittifoqi uchun foydali boʻlishini taʼkidlab kelgan. Va bu vaqt oraligʻida yadro qurolini joylashtirish rejasi ustida bosh qotirgan.

Islandiya hukumati amerikaliklarning hatti-harakatidan voqif boʻlgach, Pentagonga NATOdan chiqishlarini aytib, tahdid qilganlar.

Ultimatum qoʻyilganidan keyin amerikalik diplomatlar Islandiyada maxfiy tarzda yadro qurolini joylashtirish foydadan koʻra koʻproq zarar keltirishini anglab yetganlar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala