Dunyoda

AQSH atom bombalarni Turkiyadan Rumыniyaga olib chiqmoqda

AQSH Turkiyada joylashgan Injirlik harbiy bazasidagi 50ta atom bambadan 20 tasini Rumыniyadagi Daveselu aviabazasiga olib oʻtishni rejalashtirgan.

TOSHKENT, 18 avg – Sputnik. Vashingtom va Anqara munosobatlari yomonlashuvi sababli AQSH Turkiyada saqlanayotgan atom bombalarning bir qismini Rumыniyaga olib chiqishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Moldova.

Nashr xabariga koʻra, AQSH Turkiyadagi Injirlik aviabazasida saqlanayotgan atom bombalardan  20 tasini Rumыniyadagi Deveselu aviabazasiga olib oʻtishga qaror qilgan. Atom bombalar saqlash va transportirovka qilish uchun bir talay texnik sharoitlar talab qilingani tufayli, bu juda murakkab ish deb yozmoqda nashr, mutaxassislar fikriga tayanib. 

AQShning B61 aviabombasi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Turkiyadagi AQSH yadro quroli terrorchilar qoʻliga tushishi mumkin

Suriya chegarasidan 100 km masofada joylashgan Injirlik aviabazasida Sovuq urush davridan beri AQShning 50ta taktik atom bombasi joylashtirilgan edi. Yaqinda Turkiyada yuz bergan davlat toʻntarishiga urinishda Turkiya rahbariyati AQShning ham qoʻli bor deb eʼlon qildi va hatto Injirlik harbiy bazasi qoʻmondonini ham isyonga aloqadorlikda ayblanib, hibsga olingan edi. Injirlik aviabazasidan foydalanish vaqtincha taʼqiqlangan edi.

“Erdoʻgʻon oʻzining AQShga boshqa kerak emasligini yaxshi anglagan holda, amerikaga qarshi siyosat olib boradi. Shu bilan bir vaqtda Rossiya va Eron bilan munosobatlarning yaxshilanishi ham kuzatilmoqda. Bularning hammasi bir kun kelib Turkiyaning AQSH bilan harbiy aloqalarni toʻliq uzish va NATOdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham amerikaliklar oʻz qurollarini gapga yaxshiroq kiradigan Rumыniyaga olib oʻtmoqda”, — deydi, Geosiyosiy muammolar akademiyasi prezidenti general-polkovnik Leonid Ivashov. 

Eslatib oʻtamiz, Turkiyada boʻlib oʻtgan harbiy isyondan keyin bir qator ekspertlar Injirlik harbiy bazasida AQSH tomonidan atom bombalari saqlanishi dunyo xavfsizligiga tahdid solishi mumkinligi ham aytib oʻtishgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala