Karting kubogining final poygasi Namanganda bo‘lib o‘tdi

© Novosti UzbekistanaNamanganda karting musobaqalari
Namanganda karting musobaqalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Musobaqada poytaxtning “Bektemir” klubi vakillari Kamoliddin Najmiddinov va Vacheslav Shipkov g‘olib chiqdi.

TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik yosh kartingchilar Namanganda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kubogi finalida qatnashishdi, deb xabar qilmoqda "Novosti Uzbekistan" sahifasi.

Musobaqada poytaxtdagi “Bektemir” o‘quv sport-texnika klubi vakillari Kamoliddin Najmiddinov va Vacheslav Shipkov g‘olib chiqishdi. Poygachilar o‘z sinfida g‘olib chiqishdi. 

© Novosti UzbekistanaNamanganda karting kubogi final musobaqalari
Kartingisti respubliki razigrali v Namangane finalniy etap Kubka Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda karting kubogi final musobaqalari
Musobaqada Toshkent viloyati birlashgan texnik maktabi tarbiyalanuvchilari Daniil Belyakov, Gulistonlik Ivan Barishev, Namanganlik Adxam Egamberdiyev, Ibrohim To‘ychiyev va Andijonlik Islombek Ismoilovlar ham juda kuchli kurash namoyish qilishdi.

Umumiy ballar hisobi bo‘yicha g‘olib, Toshkentning “Bektemir” klubi vakillari bo‘lib chiqdi. Namanganlik sportchilar ikkinchi o‘rinni egallashdi, Toshkent viloyati birlashgan texnik maktabi jamoasi esa – uchinchi o‘rinni.

© Novosti UzbekistanaNamanganda karting kubogi final musobaqalari
Kartingisti respubliki razigrali v Namangane finalniy etap Kubka Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Namanganda karting kubogi final musobaqalari
Musobaqalarda O‘zbekistonning Toshkent shahri vakillaridan tashqari Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona, Qashqadaryo  va Toshkent viloyatlari vakillari ham ishtirok etishdi.  

Yangiliklar lentasi
0