Jamiyat

Qirgʻiziston yagona Olimpiya medalidan mahrum boʻldi

© REUTERS / /Yves Herman Kыrgыzskiy shtangist Izzat Artыkov na Olimpiade v Rio
Kыrgыzskiy shtangist Izzat Artыkov na Olimpiade v Rio - Sputnik Oʻzbekiston
Braziliyadagi Olimpiada oʻyinlarida bronza medal olgan Qirgʻizistonlik ogʻir atletikachi Izzat Artыkovning natijasi bekor qilindi, uning qon analizidan doping topilgan.

TOSHKENT, 18 avg — Sputnik. Qirgʻizistonlik yagona Olimpiya medali sohibi, 69 kg vazn toifasida qatnashayotgan ogʻir atletikachi Izzat Artыkov biroz oldin yutib olgan bronza medalidan mahrum qilindi, R-Sport CAS rasmiy sahifasi xabari asosida.

10 avgust kuni boʻlib oʻtgan final musobaqalarida Artыkov 339 kg ogʻirlik koʻtarib, Olimpiya oʻyinlarning bronza medali sovrindori boʻlgan edi. Afsuski, uning doping analizidan taʼqiqlangan modda – strixnin topilgan.  

 

Eslatib oʻtamiz, ushbu medal Qirgʻiziston jamoasi tomonidan yutib olingan yagona Olimpiya medali edi. Endi ushbu kumush medal Kolumbiyalik sportchiga oʻtishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala