Rossiya TIV: Dushanbe ko‘chalar nomlarini o‘zgartirishda faxriylar fikrini inobatga olishi kerak

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishRossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikistonlik faxriylar tomonidan bildirilayotgan sovet qahramonlari, ilm-fan, san’at va manadiyat namoyandalari ismlari bilan bog‘liq ko‘chalar nomlarini o‘zgartirish kerakmas, degan fikrlarini Dushanbe hukumati inobatga olishiga umid qilamiz, deb bayonot qilmoqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Dushanbe rasmiylarining sovet tuzumi davri ilm-fan, madaniyat va san’at namoyandalari, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ismlari bilan bog‘liq ko‘chalarni qayta nomlash qaroriga nisbatan o‘z fikrini bildirib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

"Men bu xabarlardan voqifman, bizda Tojikiston hukumati Dushanbedagi qator ko‘chalarni qayta nomlash haqida qaror qabul qilgani haqida ma’lumotlar bor. Bu yerda gap sovet tuzumi davri ko‘zga ko‘ringan madaniyat va san’at vakillari, Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari sharafiga nomlangan ko‘chalarni o‘zgartirish haqida bormoqda", — dedi Zaxarova.

Mariya Zaxarova, bu mavzu jamoatchilik orasida katta shov-shuv uyg‘otgani va keng munozaralarga sabab bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

"Men, shuningdek, qator nufuzli tarixchilar, jumladan, faxriylar tashkiloti vakillari, hatto tojikistonlik talabalar guruhlari, bu ko‘chalar nomlari saqlanib qolishi kerak, chunki ular bizning xalqlarimizning shonli o‘tmishi bilan bog‘liq, degan tashabbus bilan chiqqanlariga ham guvoh bo‘ldim", — deya ta’kidladi diplomat.

Zaxarova, "mahalliy hukumat obro‘-e’tiborli insonlar va ayniqsa, veteranlar fikrlariga quloq tutadilar", deya umid bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0