Moskva viloyatida YPX postiga uyushtirilgan hujumda ID aybdor

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishYPX xizmati patruli
YPX xizmati patruli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning 17-avgustida Moskva viloyati Balashixa tumanida ikki noma’lum shaxs YPX postiga hujum uyushtirgan edi.

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti Moskva viloyatida YPX postiga qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Reyter xabariga asoslanib.

Reyter agentligi ushbu ma’lumotni ekstremistik manbaalardan olgani xabar qilinmoqda. Manbaada aytilishiga ko‘ra, Rossiya politsiyasi xodimlariga hujum uyushtirgan shaxslar ID tarafdorlari bo‘lishgan.  

Eslatib o‘tamiz, 17-avgust kuni soat 14:20da Moskva  viloyati Balashixa tumani hududidagi Shelkovo shossesida joylashgan YPX postiga bolta va sovuq qurol bilan qurollangan ikki noma’lum shaxs hujum qilgan edi. Ikki nafar politsiya xodimi og‘ir jarohat olgan, hujum uyushtirganlar esa yo‘q qilingan edi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha hujum uyushtirganlar Kavkazlik  fuqarolar bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0