Rio yangiliklari: navbatdagi bronza va finalga yo‘llanma

© REUTERS / /Peter CziborraUzbekskiy bokser Bektemir Melikuziyev na Olimpiade v Rio
Uzbekskiy bokser Bektemir Melikuziyev na Olimpiade v Rio - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda O‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev finalga yo‘llanma oldi, Murodjon Ahmadaliyev esa bronza medali sovrindori bo‘ldi.

TOShKENT, 18 avg – Sputnik. O‘zbekiston bokschilari Rioda o‘z g‘alabalari bilan muxlislarni quvontirishni davom ettirmoqda, Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabariga asosan. 

75 kg vazn toifasida Bektemir Meliqo‘ziyev yarim finalda meksikalik Misael Rodrigesni 3:0 hisobida yengib, finalga chiqdi. 20-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan final jangida Bektemir Kubalik  Arlen Lopesga qarshi ringga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Bektemir Meliqo‘ziyev 2015-yili Doha o‘tkazilgan jahon chempionati finalida aynan Arlen Lopes bilan ringga chiqqan va o‘shanda Kuba vakili g‘olib bo‘lgan edi. Bu safar Bektemirga omad  kulib boqadi deb umid qilamiz.

56 kg bo‘lgan vazn toifasida O‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev va kubalik Robeysi Ramires orasida bo‘lib o‘tgan yarim final jangida kubalik sportchi g‘olib chiqdi, Murodjon Ahmadaliyev esa bronza medali sohibi bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz Ramires dunyoda yetakchi sportchilardan biri hisoblanadi, u 2012 yilgi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi. Murodjonga esa, kelajakdagi musobaqalarda omadlar tilab qolamiz.

Shunday qilib Rioda o‘zbekistonlik bokschilar ishtirokida kamida yana uch jang o‘tkazishi kerak.

19 avgust kuni 52 kg vazn toifasida Shahobiddin Zoirov venesuelalik bokschiga qarshi ringga chiqsa, 64 kg. vaznda Fazliddin G‘oipnazarov rossiyalik Vitaliy Dunaysev bilan final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi.

20 avgusta esa, yuqorida aytib o‘tganimizdek, Bektemir Meliqo‘ziyev kubalik Lopesga qarshi final jangida ishtirok etadi.

Shunday qilib, bugungi kunga qadar O‘zbekiston sportchilari Olimpiya o‘yinlarida 8 medal sohiblari bo‘lishdi:  ikki "oltin", bir "kumush" va besh “bronza” medali.

Yangiliklar lentasi
0