Sakkiz karra Olimpiya chempioni Useyn Bolt: men Ali va Pele bilan tenglasha oldim, deb umid qilaman

© REUTERS/Lucy NicholsonSakkiz karra Olimpiya chempioni Useyn Bolt: men Ali va Pele bilan tenglasha oldim, deb umid qilaman
Sakkiz karra Olimpiya chempioni Useyn Bolt: men Ali va Pele bilan tenglasha oldim, deb umid qilaman - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rio Olimpiadasida 200 metrga yugurish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan yamaykalik sprinter Useyn Bolt o‘zini tarixdagi buyuk sportchilar darajasiga yetishdi, deb hisoblamoqda.

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Rio-de-Janeyrodagi bellashuvlarda 200 metr masofaga yugurishda g‘alabaga erishgan Useyn Bolt sakkizinchi marta Olimpiada chempioni bo‘ldi. Endilikda yamaykalik super chopag‘on Rio Olimpiadasidan keyin u sport afsonalari – bokschi Muhammad Ali va futbolchi Pelelar bilan bir qatorda turishiga umid qilmoqda.

"Menga yana biror narsani isbotlashning hojati yo‘q. Buyuk ekanligimni dunyoga isbotlashim uchun yana nima qilishim kerak? Men Muhammad Ali va Pele bilan bir qatorda turish uchun buyuk sportchilardan biri bo‘lishga harakat qilyapman. Umid qilamanki, Olimpiadadan so‘ng men ular bilan bir qatorda bo‘laman", — deya Boltning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Olimpiya yangiliklar xizmati.

Finalda Bolt 200 metr masofani 19,78 soniyada bosib o‘tdi. Ikkinchi o‘rinni kanadalik Andre de Grasse — 20,02 soniya, uchinchi o‘rinni fransuz Kristof Lemetr — 20,12 soniya ko‘rsatkich bilan egalladi.

21 avgust kuni 30 yoshni qarshi oladigan “Chaqmoq” laqabli yamaykalik bu sportchi qisqa masofaga yugurish bo‘yicha 11-marta jahon chempioni, 10ga yaqin rekordlar sohibidir.

Yangiliklar lentasi
0