“Million” guruhi sentabrda konsert beradi

Obuna bo‘lish
Bir necha yillar ilgari shov-shuvli tomoshalari bilan millionlar tiliga tushgan “Million” guruhi yana sahnaga qaytmoqda.

TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Bir necha yillar ilgari shov-shuvli tomoshalari bilan millionlar tiliga tushgan “Million” guruhi yana sahnaga qaytmoqda.

Bu haqda jamoa yetakchilaridan biri Davron Kabulov o‘zining “Instagram”dagi sahifasida e’lon qildi.

“Kutganmidingiz? Biz kelyapmiz. Sinov berganiga, yechimi bilan berganiga Allohga behisob shukr! Sog‘inchingizga munosib bo‘lishga qo‘ldan kelganicha harakat qilamiz) Biz roppa-rosa 2,5 yil kutgan konsert” deyiladi uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Sahifada ilova qilingan suratda 15-18 sentabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida guruhning konserti bo‘lib o‘tishi ko‘rsatilgan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0