Bolani maktabga tayyorlash necha pul

Obuna bo‘lish
Yaqinda yangi o‘quv yili boshlanadi. Hozir ota ota-onalar uchun ayni do‘kon va bozorlarga yuguradigan palla. O‘zbekistonda 10-avgustdan 10-sentabrga qadar ochilgan maktab bozorlari ularning og‘irni yengil qilishi mumkin.

Har bir maktab o‘quvchisi uchun maktab formasi, rukzak va o‘quv qurollari  kerak. Ushbu buyumlarni sotib olish uchun O‘zbekistonda kamida 300 ming so‘m kerak bo‘ladi.

Savdo markazlarida narxlar birmuncha qimmatroq, albatta. Undan tashqari katta sinf o‘quvchilari kiyimlari boshlang‘ich sinfga qaraganda sal qimmatroq bo‘ladi. Agar Turkiya yoki Rossiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlar xarid qilmoqchi bo‘lsangiz ularning ham narxi birmuncha qimmat bo‘ladi.

Quvonarlisi shundaki, oxirgi yillarda xaridorlar aynan O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ko‘proq sotib olishmoqda. Ularga mahsulot sifati, ekologik tozaligi va narxi xush bo‘lmoqda.

Maktab formasi va o‘quv qurollari o‘rtacha narxi bilan navbatdagi infografikamizda batafsil tanishishingiz mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0