O‘zbekiston kanoe-ikkiligi Olimpiada finaliga chiqdi

© rio2016.comO‘zbekistonlik kanoe-ikkilik Gerasim Kochnev va Serik Mirbekov
O‘zbekistonlik kanoe-ikkilik Gerasim Kochnev va Serik Mirbekov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kanoe-ikkiligi bo‘yicha final bahsi bugun, 20-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

TOShKENT, 20 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik kanoechilar Gerasim Kochnev va Serik Mirbekov Rio-de-Janeyroda Olimpiya finaliga yo‘llanma olishdi, Nuz.uz xabariga asosan.

Yarim final bahsida o‘zbekistonlik ikkiligi oldinga faqat kubalik kanoechilar Madrigal Torres va Fernando Xorxeni o‘tkazib, ikkinchi o‘rinni egallashdi.

Yarim final bahsida umumiy hisobda birinchi o‘rinni Ukrainalik sportchilar egallashdi.

Kanoe ikkiligi bo‘yicha final musobaqalari bugun, 20-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0